Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 19 dekabr kuni mamlakatimizga taşrif buyurgan Turkiya hamkorlik va muvofiqlaştiriş agentligi (TIKA) prezidenti Serdar Çamni qabul qildi. 

ÖzA xabariga köra, davlat rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, joriy yilning 25-26 oktabr kunlari Turkiyaga amalga oşirilgan davlat taşrifi mamlakatlarimiz örtasidagi munosabatlarni strategik hamkorlik darajasiga olib çiqqanini mamnuniyat bilan ta'kidladi. 

Turkiyalik hamkorlar bilan birgalikda savdo, sanoat, investitsiya, transport, turizm, soğliqni saqlaş, ta'lim va boşqa sohalarda istiqbolli dastur va loyihalar amalga oşirilayotgani ijobiy baholandi. 

Uçraşuvda TIKAning mamlakatimizdagi faoliyatini yanada kengaytiriş va yangi bosqiçga olib çiqiş muhimligi qayd etildi. 

Özbekistonda Agentlik tomonidan şu kungaça 23,6 million dollar miqdoridagi 700 ga yaqin grant loyihalari amalga oşirilgan. 

Suhbatda ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yönalişlarini belgilab oliş, bu borada TIKAning Özbekistondagi faoliyatini aniq loyihalar asosida va tizimli ravişda rivojlantiriş zarurligi alohida ta'kidlandi. 

Bu borada “Yöl xaritasi”ni qisqa muddatda işlab çiqib, uni amalga oşirişga kirişiş muhimligi, şu munosabat bilan, iqtisodiy, madaniy, ta'lim, soğliqni saqlaş, atrof-muhitni muhofaza qiliş, turizm va ijtimoiy ahamiyatga molik boşqa qator sohalarda amalga oşirilayotgan loyiha va dasturlar hajmini bir neça barobar köpaytiriş böyiça kelişib olindi. 

TIKA rahbari Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uçun minnatdorlik bildirdi va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejyep Tayyip Erdöğon hamda uşbu mamlakat Boş vaziri Binali Yildirimning ezgu tilaklarini yetkazdi. 

Serdar Çam davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan taklif va taşabbuslarni töliq qöllab-quvvatlaşini, bu yölda bor kuç-ğayratini safarbar etgan holda, ularni hayotga öz vaqtida va samarali tatbiq etişga Turkiya tomoni tayyor ekanini bildirdi.