Ukrainalik harbiylar 600taga yaqin artilleriya qurollarini jangovar holatga keltirişdi. Ular Donbassdagi ayirmaçilarning pozitsiyalarini ommaviy ravişda öqqa tutişga tayyorlanişmoqda. Bu haqda «Vestnik Mordovii» xabar tarqatdi.

Bunday topşiriq 220dan ortiq 2S1 «Gvozdika» rusumli gaubitsa va 300dan ortiq 152 millimetrli «Akatsiya» tanklari boşqaruvçilariga kelib tuşgan. Bundan taşqari, «Giatsint», «Msta-S» hamda 47 kilometr masofadagi nişonga zarba bera oluvçi 203 millimetrli «Pion» rusumli artilleriya texnikalari jangovar şay holatga keltirilgan.

Agentlik xabarida qayd etilişiça, özi harakatlanuvçi artilleriya texnikalaridan taşqari, 1,2 mingdan ortiq şatakka olinuvçi harbiy texnikalar va raketa tizimlari harbiylar ixtiyorida.

18 dekabr kuni Donbassda ikki tomon bir-birini tinç aholi punktlarini öqqa tutişda ayblagandi. Bu tarang vaziyat rossiyalik kuzatuvçi-zobitlar Ukraina janubi-şarqida öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvga köra hududdan olib çiqilişi fonida röy berdi.

Kiyevdagilarning hisoblaşiça, eskalatsiyani yuzaga keltirişdan maqsad ukrainaliklar köz öngida Ukraina armiyasini yomonotliq qilişdir.