Bugungi kunda fuqarolarga nisbatan jinoyatlar sodir etib, jazodan qoçib yurgan 1 034 nafar qidiruvdagi şaxs qölga olinib, jazo muqarrarligini ta'minlaşga erişildi. Bu haqida IIV Huquqbuzarlik profilaktikasi Boş boşqarmasining 20 dekabr kuni Milliy matbuot markazida bölib ötgan yillik hisobotga bağişlangan matbuot anjumanida ma'lum qilindi. Tadbirda iştirok etgan KUN.UZ muxbiri şu haqida xabar berdi.
Şuningdek ayrim fuqarolarga nisbatan sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan aziyat çekib qilingan murojaatlar qanoatlantirilib, jami 740 ta ötmişda sodir etilgan jinoyat foş etildi.
Içki işlar organlarining profilaktik hisobida turgan şaxslar va ularning oila a'zolari bilan mahallalarda 693 156 marta tezkor profilaktik profilaktik suhbat ötkazilib, uşbu şaxslarni soğlom turmuş tarziga qaytariş borasida 220 177 marta muhokama taşkil etildi.
Anjumanda ma'lum qilinişiça, respublikada mavjud 8 973 ta mahallada profilaktika inspektorlari va jamoatçilik vakillari bilan birgalikda fuqarolarning osoyiştaligini ta'minlaş yölida olib borilgan işlar natijasida 1 079 ta mahallada heç qanday jinoyat sodir etilmagan.
Hududlarda sodir etilişi mumkin bölgan fuqarolarning şaxsiy mol-mulkini talon-taroj qilinişining oldini oliş maqsadida 15 600 ta (xonadonlar va savdo dökonlari) qöriqlaş pultlariga ulanib, ularning xotirjamligi ta'minlandi.
Bundan taşqari, tungi vaqtlarda fuqarolarning tinç va osuda dam olişini ta'minlaş maqsadida xonadonlar atrofida maqsadsiz yurgan 531 324 nafar şaxs aniqlanib, ular tomonidan sodir etilişi mumkin bölgan huquqbuzarliklarga çek qöyildi.
Anjumanda berilgan ma'lumotlarga köra, xalq bilan töğridan-töğri muloqot örnatilişini ta'minlaş maqsadida 5 884 marta sayyor qabul va uçraşuvlar taşkil etilgan. Ularda aholi örtasida yuzaga kelayotgan muammolar muhokama qilinib, natijalar haqida aholini xabardor qiliş yuzasidan 42 338 marta muhokamada fuqarolarning istak va talablari inobatga olinib, hisobotlar berildi.
Aholini ijtimoiy ahamiyatga ega huquqbuzarliklar haqida xabardor qiliş, ularning ogohligini kuçaytiriş, qonunga hurmat ruhida tarbiyalaş maqsadida mahallalarda sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklar sayyor sudlarda körib çiqilişi natijasida 1 056 ta jinoyatning oldi olindi.












