SpaceX rahbari Ilon Mask tvitterda yangi Falcon Heavy oğir raketa-taşuvçisining ilk suratlari bilan bölişdi. Raketa Kanaveral burnidagi kosmodromda joylaşgan.
Avvalroq Mask Falcon Heavy’ning ilk parvozi 2018 yil yanvarida bölib ötişini ma'lum qilgandi. Raketa Mars orbitasiga jönatiladi. SpaceX rahbari “agar raketa parvoz vaqtida portlab ketmasa, uzoq koinotda milliardlab yillar davomida qolişini” aytgan.


SpaceX fevralda 2018 yil oxirida 2 nafar sayyoh Oy atrofiga bir haftalik parvozga jönaşini ma'lum qilgandi. Ular Falcon Heavy raketasi tomondan orbitaga olib çiqiladigan Dragon 2 yuk kemasida bölişadi. Sayyohlar nomlari oşkor qilinmagan.













