Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 20 dekabr kuni mamlakatimizga taşrif bilan kelgan XXR Davlat kengaşi a'zosi, mudofaa vaziri Çan Vantsyuanni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, turli darajadagi aloqalar faollaşib, samarali hamkorlik mustahkamlanayotgani mamlakatlarimiz örtasida har tomonlama strategik şeriklik munosabatlari jadal sur'atlarda izçil rivojlanişiga xizmat qilayotganini katta mamnuniyat bilan ta'kidladi.

Joriy yil may oyida Xitoy Xalq Respublikasiga oliy darajadagi taşrif yakunida erişilgan kelişuv va imzolangan şartnomalarni amalga oşiriş masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Uçraşuvda ikki tomonlama harbiy va harbiy-texnik hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari körib çiqildi, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlaşning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Xitoy Davlat Kengaşi a'zosi, mudofaa vaziri Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uçun minnatdorlik bildirib, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Çan Vantsyuan Özbekiston Qurolli Kuçlari salohiyati va mudofaa qobiliyatini oşiriş borasida amalga oşirilayotgan islohotlarni yuksak baholab, Xitoy tomoni bu sohada özaro manfaatli şeriklikni yanada mustahkamlaşga tayyor ekanini bildirdi.