Xalqimizda “tarozining ikki pallasi teng bölsin” degan hikmatomuz gap bejizga aytilmagan. Buning tub zamirida esa, sotuvçi bilan iste'molçi örtasidagi adolat mezonlarining bir me'yorda bölişi nazarda tutilgan.

Sir emas, keyingi paytlarda respublikaning barça bozorlarida quriliş, ta'mirlaş işlari bajarilib, aholi uçun barça zarur şaroitlar yaratib berilmoqda.

Ming afsuski, köpgina bozorlarda qöllanilayotgan tarozilarning öz vaqtida davlat metrologik tekşiruvlaridan ötkazilmasdan işlatilayotgani haqli ravişda iste'molçilarimizning e'tirozlariga sabab bölmoqda.

“Özstandart” agentligi tomonidan respublikaning barça dehqon bozorlaridagi tarozi va tarozi toşlaridan foydalanişning bugungi holati tahlil qilindi. Natijalar esa, afsuski qoniqarsiz.

Masalan, respublikada jami dehqon bozorlari soni 280 tani taşkil etib, şundan savdo örinlarining soni esa 115505 tani taşkil etadi.

Şundan tarozi talab etiladigan savdo örinlari soni 47754 tani taşkil etadi. Hozirgi kunda dehqon bozorlarida esa atigi 17847 dona tarozilardan foydalanilmoqda, xolos.

Viloyatlarning dehqon bozorlarida yetişmaydigan tarozilarni xarid qiliş va mexanik tarozilarni yangilaş maqsadida, zamonaviy elektron tarozilarni 2017 yilda xarid qiliş rejalari işlab çiqildi va viloyat hokimliklari tomonidan tasdiqlandi. Uşbu rejalarga köra joriy yilda jami 7859 dona elektron tarozilarni xarid qiliş belgilangan bölsa-da, bugungi kun holatida esa, jami 2455 dona, ya'ni (31,2 %) xarid qilinganligini qanday izohlaş mumkin.

Açinarli tomoni şundaki, agentlikning hududiy markazlari tomonidan dehqon bozorlari ma'muriyatiga bir neça bor murojaat etilişiga qaramasdan bozor ma'muriyati tomonidan tarozilarni xarid qiliş işlariga befarqlik bilan munosabatda bölinmoqda.

Masalan, Andijon, Buxoro, Jizzax, Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida faoliyat yuritayotgan dehqon bozorlarida viloyat hokimliklari tomonidan rejalar tasdiqlangan bölişiga qaramay, zamonaviy tarozilarni xarid qiliş rejasi bajarilmadi.