2017 yilning 21 dekabr kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov boşçiligidagi hukumat delegatsiyasi amaliy taşrif bilan Afğoniston Islom Respublikasida böldi, deb xabar bermoqda TIV axborot xizmati.

Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Afğoniston prezidenti Muhammad Aşraf Ğani bilan 2017 yil 4-6 dekabr kunlari Toşkent şahrida erişgan kelişuvlarini amalga oşiriş doirasida Özbekiston delegatsiyasi Kobul şahrida qator ikki tomonlama uçraşuvlar ötkazdi.

Muzokaralarda hamkorlikning amaliy jihatlari muhokama qilindi, jumladan siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-kommunikatsiya, ta'lim, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi aloqalarni yanada rivojlantirişning istiqbolli yönalişlari körib çiqildi.

Özbekiston delegatsiyasi «Arg» saroyida prezident Muhammad Aşraf Ğani tomonidan qabul qilindi. Afğoniston rahbari tomonlarni qiziqtirgan barça sohalarda Özbekiston-Afğoniston muloqotini kengaytirişdan manfaatdor ekanligini yana bir bor tasdiqladi.

Ta'kidlanganidek, Surxon – Puli-Humri elektr uzatiş tarmoği va Mozori-Şarif – Şibirğon – Maymana – Hirot temir yölini birgalikda qurilişi, Özbekiston tomoni bilan hamkorlikda boşqa yirik loyihalarni tatbiq etiş Afğoniston uçun strategik ahamiyat kasb etadi.

Kobul şahrida Abdulaziz Komilovning Afğoniston Milliy birdamlik hukumatining Ijroiya kengaşi raisi Abdulla Abdulla, taşqi işlar vaziri Salohuddin Rabboniy, moliya vaziri Eklil Hakim, prezidentning milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Muhammad Hanif Atmar bilan ham uçraşuvlari bölib ötdi.

Şu kunning özida Özbekiston delegatsiyasi a'zolari Afğonistonning qator vazirlik va idoralari rahbarlari bilan muzokaralar ötkazdi.