Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon mamlakat parlamentiga bildirgan bayonotida dunyoda qurollaniş poygasi bilan boğliq yangi jarayonlar kuzatilayotganini qayd etdi. 

"Bugun bizning sayyoramiz yangi sovuq uruş bösağasida turibdi", - dedi u.

Tojikiston prezidenti terrorizm va ekstremizm muammosi sayyoramizda tahdidli kölamlarda kuzatilayotganini ta'kidladi. 

"Birgina ötgan yilning özida dunyoning 100 mamlakatida terrorçilik hujumlari amalga oşirildi", - dedi davlat rahbari.

Prezidentning sözlariga köra, dunyoda röy berayotgan salbiy jarayonlarga qaramay, Tojikiston işonç bilan oldinga harakat qilmoqda.

"Tojikiston doim dunyoning barça mamlakatlari bilan xavfsizlik sohasida hamkorlikni mustahkamlaş tarafdori bölgan. Biz oçiq eşiklar siyosatini yuritişda davom etamiz, uşbu siyosat öz hosilini bermoqda - jahon miqyosida döstlarimiz tobora köpayib bormoqda", - dedi prezident.

Şuningdek, u Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlikni kengaytirib, munosabatlarni yaxşilaş Tojikiston uçun ustuvor yönaliş bölib qolişini ta'kidladi.

Tojikiston rahbari respublika MDH mamlakatlari bilan hamkorlikni rivojlantirişga ham alohida e'tibor qaratib kelayotganini qayd etdi.

Prezident öz nutqida jahon hamjamiyatini Afğonistonga tinçlik va osoyiştalikka erişişga amaliy  yordam körsatişga çaqirdi.