Farğona viloyati, Farğona tumani tasarrufidagi Şohimardon va Yordon qişloqlariga (anklav) Qirğiziston Respublikasi hududi orqali ötiladi. Joriy yilda uşbu qişloqlar aholisining turmuş farovonligini oşiriş yölida bir qator ijobiy işlar amalga oşirilmoqda.
Har ikki qişloqqa xizmat qiladigan transformatorlar eski va past quvvatga ega bölgani uçun elektr energiyasi ta'minoti böyiça turli muammolar yuzaga kelayotgan edi.
Kuni-keça Farğona viloyati energetiklari tomonidan hududga yangi 2500 kilovatt quvvatga ega transformatorlar olib çiqib örnatildi.
«Qişloğimiz va tuman markazi oraliği 17 kilometr bölib, u yerga qöşni Respublika hududini bosib ötamiz. 6123 kişi istiqomat qiladigan qişloqlarimizni elektr bilan ta'minlovçi transformatorlar 1965 yilda qöyilgan böyi almaştirilmagan ekan. Aholi soni köpayişi natijasida elektrga bölgan talab oşib, uskunalar tez-tez işdan çiqa boşladi. Yangi yil arafasida katta quvvatga ega transformatorlar örnatilib, mavjud muammo bartaraf etilgani quvonçli voqea böldi», deydi Şohimardon mahalla fuqarolar yiğini raisi Rustamjon Tojiboyev.
Viloyat elektr tarmoqlari korxonasi rahbari Dilşodbek Jalilovning ma'lumotiga berişiça, aholiga sifatli va uziliksiz elektr energiyasi yetkazib beriş maqsadida hududdagi 52 dona past kuçlanişli transformatorlar ham töliq ta'mirdan çiqarilgan.
KUN.UZ muxbiri Elmurod Ermatov










