Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunçilik palatasi a'zolariga Murojaatnomasida Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzurida Davlat xizmatlari agentligi nega taşkil etilganini aytdi.
“Tizimlar tumanda, şaharda, viloyatda işlamasligini endi hal qilmasalaringiz men katta vazirni işdan olaman. Odamlar işonmayapti. Nima uçun agentlik taşkil etilmoqda? Davlatning barça xizmatlari sifatli bölişi kerak. Sifat nima degani? Odamlar bilan gaplaşmay qöyildi, Toşkentda ötirgan kattakonlar...
FHDYoda navbat, mahallada navbat, keçirasiz, ölim haqida guvohnoma oliş ham 6 soat navbat. Bizda hamma yer oçered. Şuning uçun mana yangi tizim böldi. Endi Xalq qabulxonalarida hammasi mujassam böladi – odamlar faqat xalq qabulxonasiga kelib, murojaat qiladi. Bir soatga keçiktirilsa ham, qaysi davlat idorasi bölişidan qat'i nazar, oylikdan ikki soat-uç soat... Qaror böladi, öqiysizlar. Endi odamlarning aytgan gapini, xizmat qilişni taşkil etmasak – bunday idora menga ham, Özbekistonga ham kerak emas”, - deydi davlat rahbari.












