Bir palatali Peru parlamenti - kongress - payşanba kuni qizğin muhokamalardan söng mamlakat prezidenti Pedro Kuçinskining korrupsiya mojarosi bilan boğliq impiçmentini e'lon qila olmadi. Kuçinskining iste'fosi uçun 78 deputat ovoz berdi, impiçment uçun esa 87 nafar deputatning ovozi kerak böladi. 

Kuçinskining çetlaştirişga doir taklif biryöla bir neça parlament guruhlari tomonidan parlamentga kiritilgan edi. Hujjat mualliflarining fikriça, davlat rahbari öz bayonotlarida haqiqatning buzilişiga yöl qöygan. Bu Braziliyaning Odebrecht quriliş kompaniyasining göyoki konsultatsion xizmatlar uçun  prezidentga taalluqli firmalar foydasiga 4,8 million dollarlik tölovlari bilan boğliq vaziyatga tegişli. 

Impiçment muhokamasi deyarli 14 soat davom etdi. Dastlab prezidentning özi sözga çiqdi va özining aybsizligini ta'kidladi, şundan söng uning advokati bayonot berdi, bundan taşqari, kongressmenlar – Kuçinskining tarafdorlari va unga qarşilar çiqiş qilişdi. Ma'lumotlarga köra, davlat rahbari kongress binosini kunduzi - muhokamalar boşlanişidan avval tark etgan.

Peru prezidentining sözlariga köra, u 1992 yilda özi tomonidan asos solingan, moliyaviy konsultatsion xizmatlar körsatiş bilan şuğullanuvçi Westfield Capital kompaniyasining hozirgi faoliyatiga aloqador emas. Keyinçalik kompaniya faoliyati uçun Xerardo Sepulveda javob bergan, Braziliyaning Odebrecht kompaniyasi bilan tuzilgan şartnomalarning bari u tomonidan imzolangan.

Kuçinski Peruning Odebrecht bilan aloqadorlik tufayli noqulay vaziyatda qolgan ikkinçi prezidenti hisoblanadi. Undan avvalgi prezident - Olyanta Umala ham şunga öxşaş vaziyatda qolgan edi.