KUN.UZ saytida e'lon qilingan, «Buxanka non xalqqa 1250 sömdan sotilmoqda: Şörçida mutasaddilar jim, iqtisodçilar nima deydi?» maqolasida körsatib ötilgan holatlar işçi guruh tomonidan örganib çiqilib, aniqlangan ma'lumotlar va körilgan çoralar yuzasidan tahririyatimizga ma'lumot taqdim etildi.

KUN.UZ tahririyatining mazkur maqolasida qayd etilgan masalalarni örganiş maqsadida viloyatdagi masalaga aloqador korxona va taşkilotlar mutaxassislari — Surxondaryo viloyat hokimligi Savdo departamenti boşliği örinbosari R.Sadullayev, viloyat Davlat soliq boşqarmasi şö'ba boşliği M.Ibragimov, viloyat Davlat raqobat boşqarmasi bölim boşliği A.Bobomurodov, «Bozor» OTAJlari FM birlaşmasi raisi örinbosari P.Töraqulov, Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari hududiy birlaşmasi mutaxassisi A.Boymatov, Şörçi tuman hokimining birinçi örinbosari Ş.Abdullayevdan iborat Işçi guruhi tuzilgan va körsatib ötilgan holatlar joyiga borib örganib çiqilgan.

KUN.UZ tahririyati maxsus muxbirlari tomonidan örganişda non va non mahsulotlari (qolipli non)ning bozor hududida 1000–1250 sömdan sotilayotgani tahlil qilingan.

Mazkur holat Işçi guruhi tomonidan örganilganda, tumanda mavjud 30 ming 231ta xonadonda yaşovçi jami 194 ming 211 nafar aholining örtaça 20 foizi qolipli non iste'mol qilsa, qolgan 80 foiz uy noniga talabi mavjudligi, ya'ni 38.842 nafar fuqaro yoki 6.046 ta xonadon bir oyda 725.520 dona  qolipli nonga yoki 362 tonna davlat narxidagi un mahsulotlariga ehtiyoji mavjud.

Şörçi tumaniga davlat resurslari hisobidan qolipli non işlab çiqariş uçun tadbirkorlik sub'yektlariga örtaça har oyda 53,8 tonna birinçi nav buğdoy uni ajratilib, şundan 21,5 tonnasi aholiga, 32,3 tonnasi ijtimoiy sohaga qolipli non yetkazib berilmoqda.

Aholiga qolipli non işlab çiqariş uçun davlat resurslari hisobidan berilayotgan un mahsulotlari 1 oylik ehtiyojni qondira olmayotganligi sababli aholining nonga bölgan ehtiyojini qondiriş maqsadida Qozoğiston Respublikasida işlab çiqarilayotgan oliy va birinçi nav buğdoy unining 1 kilogramm narxi örtaça 2600 sömdan xarid qilinib qolipli non işlab çiqarilmoqda.

Bundan şuni köriş mumkinki, 1 dona qolipli nonning narxiga 325 söm qöşilmoqda. Natijada, 1 dona qolipli nonning narxi 975 sömga töğri kelmoqda.

Şuningdek, Şörçi «Dehqon (oziq-ovqat) bozori» MÇJ hududida sotilayotgan qolipli non mahsulotlarining narxini örganiş maqsadida tuman Davlat soliq inspeksiyasining tegişli buyruği asosida tekşiriş ötkazilganda YaTT Mengboyev Olovuddin Pardayeviç hamda YaTT Jörayev Zokir Toşmuhammedoviç tomonidan mahalliy 1-navli buğdoy unidan tayyorlangan qolipli nonni aholiga belgilangan narxdan qimmat narxda ya'ni, 1000 sömdan sotilayotganligi holatlari aniqlanib, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 fevraldagi «Pul muomalasini yanada takomillaştiriş va bank plastik kartoçkalaridan foydalangan holda hisob-kitoblarni rivojlantiriş çora-tadbirlar töğrisida»gi PQ-2777-sonli qaroriga asosan soliq tekşiruvi ötkazilib tegişli hujjatlar rasmiylaştirildi.