Işga qanday yondaşiş kerakligini bilsangiz, oxir-oqibat orzuingizdagi hayotga erişişingiz mumkin. Medium şu haqidagi maqolasi bilan bölişdi.
Xato va mağlubiyatlardan qörqmang
Köpçilik bir tomondan omadsiz bölsa, özini butkul omadsiz inson, deb hisoblaydi. Öz-öziga bölgan hurmat töğridan-töğri iş bilan boğliq bölganda har qanday xato nokompetentlik isbotidek qabul qilinadi. Biroq aynan şunday fikrlaş oddiylik doirasidan çiqişga xalaqit beradi. Agar siz muvaffaqiyatsizlikka uçramasangiz, öz xatolaringizdan saboq çiqarib, biror yangi narsani örgana olmaysiz. Agar öqib-örganmasangiz, rivojlaniş va ösişdan töxtab qolasiz.
Agar işlarga tezroq ulgurişni istasangiz, muvaffaqiyatsizlik çastotasini ikki barobarga oşirişingiz kerak. Muvaffaqiyat omadsizlikning orqasidan keladi.
Tomas Uotson, IBM'ning birinçi prezidenti
Omadsizlik inson xulq-atvorini rivojlantiradi, uni xatolar ustida işlaş va hamma narsani haddan taşqari jiddiy qabul qilmaslikka yordam beradi.
Örganişdan töxtamang

Aksariyat böş vaqtini öz ustida işlaş, rivojlaniş örniga köngilxuşliklarga sarflaşni ma'qul köradi. Bir tomondan buning ajablanarli joyi yöq - öqiş qiyin, axir. Yordam söraş, öz işida takomillaşiş, ketma-ket muvaffaqiyatsizlikka uçraşning qiziği yöq.
Takrorlaş zerikarli, u köplarni çarçatadi, şuning uçun biror sohani mukammal egallagan odamlar kamçilikni taşkil qiladi. Biror nimani örganişni boşlaş oson bölmaydi, biroq yodingizda bölsin:
- Har kuni mutolaaga vaqt ajratganingizda millionlab odamlar qöliga kitob olmagan böladi;
- Har kuni ertalab biror nima ustida işlaş uçun turganingizda boşqalar uxlaşda davom etayotgan böladi;
- Har kuni oldinga qarab harakatlanganingizda millionlab odamlar yengiladi.
Közlagan niyatingizga erişişingizga işoning














