Yaponiya imperatori Akixito 84 yoşga kirgan kuni taxtni topşirişga tayyorgarlikni boşlaşga tayyor ekani haqida ma'lum qildi.
"Men taxtni hayotlik davrimda topşiriş böyiça masalaga turli pozitsiyalardan qaragan va buning uçun sa'y-harakat körsatgan köplab odamlardan minnatdorman. Qolgan kunlar içida men millat belgisi funksiyalarini bajargan holda, yangi davrga ötişga tayyorgarlik köraman", - deya aytib ötdi imperator jurnalistlarga, murojaat matni imperator saroyi boşqarmasi saytida e'lon qilingan.
Imperator öz çiqişida nabirasi malika Makoni unaştirilgani hamda kelasi yilning kuziga möljallangan töyi bilan tabrikladi.
"Sentyabr oyida bizning katta nabiramiz Mako va janob Key Komuro unaştirilgani haqida ma'lum qilindi, noyabrda esa ularning töyi bölib ötadi. Bu juda quvonçli hodisa. Men ularga baxt tilayman", - deya aytib ötdi imperator.
Dekabrda imperator oilasi işlari böyiça komissiya imperator Akixito 30 aprel kuni taxtdan ketişi, voris esa taxtga 2019 yilning 1 may kuni çiqişi haqida qaror qabul qildi. Komissiya yiğilişi 25 yil içida birinçi marta çaqirildi.
Vazirlar mahkamasi bu qarorni 8 dekabr kuni ma'qullaganidan söng, “alohida qonunning” harakatga kirişi böyiça qonunçilik jarayoni boşlandi, u Yaponiyaning zamonaviy tarixida heç kuzatilmagan voqea – taxtni imperator hayotlik paytida vorisga topşirişni tartibga soladi.
Ötgan yilning avgustida imperator Akixito xalqqa maxsus murojaatida keksayib qolgani tufayli öz majburiyatlarini bajarişga qiynalayotgani, taxtni vorisga topşiriş va hordiq çiqariş niyatida ekaniga işora qilgandi. Biroq imperatorlik uyi haqidagi qonun va mamlakat konstitutsiyasi amaldagi imperator vafot etgandan söng taxtni topşirişni nazarda tutadi.
10 oydan ortiq vaqt davomida imperatorlik uyining huquq, tarix, madaniyat, protokol sohasidagi eng yaxşi ekspertlari qoidalardan bunday çetlaşiş naqadar mumkin ekanini örganib çiqişdi. Natijada joriy yilning iyunida parlament “alohida qonun”ni qabul qildi, u taxtni hayotlik paytida topşirişni nazarda tutadi.
Biroq qonunda topşiriş muddati körsatilmagan. Imperatorlik oilasi işlari böyiça komissiya 1 dekabr kuni şu haqda qaror qabul qildi. Qonun kuçga kirgan kuni imperator Akixito taxtdan ketişi belgilab qöyilgan.

















