Ötgan asr örtalarida mamlakatlar diktaturalarining futbolga aralaşuvi – öyin natijalari haqida buyruq beriş, hakamlarni nazorat qiliş va hatto prezidentlarini otib öldiriş holatlari kuzatilgan. Ispaniya diktatori Franko tomonidan 1936 yilda «Barselona» prezidenti Jozep Sunol qatl qilingandi. Aynan Franko haqida ötgan safargi maqolada ham yozgandik, boş murabbiydan ğalaba uçun kafolat olmagaç, Ispaniya terma jamoasini 1960 yildagi Yevropa çempionatiga, Moskvaga qöyib yubormagandi. Eng xavfli tomoni şundaki, tarix nuqtai nazaridan heç qanday ahamiyatga ega bölmagan şaxslarning öylamay qilgan işlari oqibatida tuzatib bölmas holatlar vujudga kelişi mumkin, millatlarni bir-biriga duşman bölib qolişi ehtimoli mavjud...
«Real» va «Barselona». Bu ikki klubning bir-birisiz tasavvur qiliş qiyin, ikki olam, ikki xil futbol, aynan şu qarama-qarşilik uçun futbol yaralgandek. Klublar fanatlarining bir-biriga bölgan munosabatlari haqida latifalar töqilgan, köpi haqiqat. U klubdan bunisiga ötgani salkam millat duşmanidek, kim bölişidan qat'i nazar. Xullas, oddiy qilib aytganda, bu ikki jamoa bir-birini juda yomon körişadi. Bu safar biz buyuk nafratning tuğiliş kuni haqida gaplaşamiz.
Aytişlarça, uşbu klublar paydo bölgan davrlardan beri bir-birlari bilan raqobat qilişsa-da, özaro munosabat unçalik ham keskin bölmagan. Hammasi 1943 yili, yuqorida tilga olganimiz general Franko şarofatiga ötkaziladigan Generallissimus Kubogi yarim finalidan boşlangandi.
«Nou Kamp»da ötkazilgan dastlabki uçraşuv 3:0 hisobida maydon egalari ğalabasi bilan tugadi. Ança qöpolliklar bilan ötgan uşbu uçraşuv natijasi har tomonlama finalçi nomini aniqlagandek edi göyo. Hatto kataloniyaliklar javob öyini uçun Madriddagi mehmonxonadan yetti kunlik buyurtma oldilar. Biratöla final öyinini ham ötkazib kelişlariga işonçlari komil edi.
Ammo Madridda butunlay boşqa holat hukmron edi. Muxlislar öyin adolatsiz bölganligiga («Barselona» bitta golni penaltidan urgandi) işonçlari komil edi. Mahalliy jurnalistlar esa olovga moy quyişar, kataloniyalik muxlislar «Real»ni tinmay haqorat qilganliklari, «Barselona» butunlay hakam yordamida gollarni kiritganligi haqida bong urişardi. Ayniqsa, «YA» gazetasi muxbiri, «Real»ning sobiq darvozaboni Eduardo Teus madridliklarni javob öyinida öç olişga, raqibga bosim ötkazişga çaqira boşladi.
- Har yerda mahalliy jurnalistlar ta'qib qilişardi va bizni mahv etişlarini aytişardi, - deb eslaydi «Barselona» öyinçisi, birinçi öyindagi gollardan birining muallifi Jozep Vale.
Stadionga ketişda «Barsa» avtobusi toşböron qilindi, stadion ma'muriyati va xodimlari ham futbolçilarga tazyiq ötkaza boşlaşdi. Tribunaga kirişda tomoşabinlarga huştak tarqatildi, huştaksiz stadionga qöyişmadiyam hatto. Şu darajaga borib yetdiki, öyin boşlanmasdan oldin uçraşuv boş hakami Selestino Rodriges «Barsa» yeçiniş xonasiga kirgan va har qanday holatda ham xotirjamlikni saqlab qoliş, özidan ketmaslikni futbolçilardan söragan. «Barsa»ning ikkinçi darvozaboni Arxilaning aytişiça, şunday muhit yuzaga kelgandiki, kataloniyalik futbolçilar butunlay qörquv ostida maydonga tuşişgan.
Mavzuga oid
Öyin boşlandi. Quloqni qomatga keltiruvçi huştak ovozi, maydonga irğitilayotgan şişa idişlar, haqoratlar... Aslida kataloniyalik bölmagan, klub massajçisi Anxel Mur matbuotda xotirlagandi:
- Butun maydon uzra «öldiringlar kataloniyaliklarni», «qizil itlarga ölim» kabi vahşiyona çinqiriqlar tutib ketgandi. Şu pallada men ulardan şunçalik nafratlandimki, özimni haqiqiy kataloniyalik his qila boşladim va bundan baxtiyor edim.
Uşbu gaplar uçun keyinçalik Murni qamab qöyişlariga sal qoldi, «Barselona» prezidentining aralaşuvigina massajçini saqlab qoldi.
Şunga qaramay, «Barselona» öyinni yaxşi boşladi. Kalvet:
- Biz markazdan töpni öyinga kiritdik. Martin töpni Eskolga oşirdi, u esa qanotdan oldinga bordi va Sospedraga yetkazdi. Sospedra jarima maydoniga, Martinga yuqorilatib uzatdi, ammo Martinning zarbasi biroz yuqorilab ketdi. «Madrid» hatto töpga tega olmadi ham. Agar öşanda gol urganimizda hammasi boşqaça bölişi ham mumkin edi.
6-daqiqadayoq «Real» futbolçilari Sautoning qanotdan hujumi natijasida Pruden zarba berib hisobni oçadilar. Biroz ötib Barinaga ikkinçi töpni kiritadi.
Jarima maydoni yaqinida öyin qoidasini buzgan Benitoni hakam maydondan çiqarib yuboradi va jarima zarbasidan hisob 3:0 ga yetadi. Söng özi şundoq ham öyini qovuşmayotgan «Barsa» butunlay izdan çiqadi. Taym oxirigaça madridliklar yana beşta gol kiritadilar va ikkinçi taym faqat rasmiyatçilik maqomini olişi aniq bölib ulguradi.
Ruhan butunlay ezilgan «Barselona» futbolçilari ikkinçi taymga çiqişni xohlaşmaydi.
- Biz bu haqida murabbiyimizga aytdik, - deb xotirlaydi Kalvet, - şu payt eşik oçildi va polkovnik kirib keldi. U bizni qörqita boşladi va agar maydonga tuşmasak, şu yerdan töğri qamoqxonaga jönatişini aytdi.
Ikkinçi taymda butunlay öynaşni töxtatgan «Barsa» darvozasi yana uç bor nişonga olindi. Faqatgina öyin oxirlarida Martinning zarbasigina «Real» darvozasidan joy oldi – 11:1.
Köp vaqtlar Xalqaro sport qömitasi rahbari lavozimida işlagan, öşa paytlarda esa mahalliy «La Prensa» gazetasining 23 yoşli muxbiri Xuan Antonio Samaranç bu haqida quyidagilarni yozgandi:
«11:1! Öz maydonidagi yirik ğalabadan keyin Ispaniya kubogini qölga kiritiş uçun eng yaqin turgan jamoa şarmandali mağlubiyatga uçradi. Uşbu mağlubiyat sababini va aybdorlarini «Barselona»dan qidirmang. Çunki ular yöq. «Barselona» yaxşi öynay olmadi, ammo yomon ham öynamadi. Ular maydonda yöq edilar xolos. Mağlubiyatning sababi öşa «Real»ning özi doimo maqtanib keladigan jyentelmenlikning yöqotib qöyişganligidadir.
Agar hisob 4:0 bölganda «Barselona» futbolçilarini ayblaşimiz mumkin edi. Ammo 10 ta töp farqi bu holatning boşqa sabablarini axtarişimiz kerakligini dalolat qilmoqda. Futbolçilar öynaşmadi, töp uçun kuraşmadilar, madridliklarga tegişdan ham qörqdilar. Çunki har bir qarşilik, har bir qöpollik ön barobar qattiqroq bölib qaytayotgandi. Aynan olomon TÖDAsi öşa kuni özining haqiqiy kuçini namoyiş qilgandi.
Men «Real» yaxşi öyin körsatganligini tan olaman. Ayniqsa, yarim himoya yaxşi öyin körsatdi, butun öyin maydonda hukmronlik qildi. Ammo öylab köring, agar heç kim halaqit bermasa, maydonda har qanday mö'jiza yaratsa böladi. Oddiy bolalar jamoasi ham öşa kuni «Real»ga yaxşiroq qarşilik körsatişi mumkin edi».
Uşbu maqola tufayli Samaranç jurnalistlik faoliyati bilan xayrlaşişiga majbur böldi.
Öyin haqida keyinçalik ham köp yozildi. Ayniqsa, çet ellik jurnalistlar tomonidan juda köp versiyalar örtaga taşlandi. Aytişlariça, «Barsa» darvozasi orqasida qurollangan askarlar ötirişgan va darvozabonni qörqitişgan. «Barselona» futbolçilariga körsatilgan tazyiqlar, hatto ba'zilarining kaltaklanişi, «Barsa» darvozaboni Mironing madridliklardan pora olganliga va hokazo.
Bu mavzu nafaqat ikki futbol klubi, balki Kastiliya va Kataloniya örtasidagi an'anaviy töqnaşuv sifatida baholangandi. Eng köp urğu, albatta, General Frankoga qaratilgandi. Aytişlariça, «Real» öşa paytlarda hukumatning katta quvvatiga ega bölgan, Di Stefanoning Madrid klubiga ötişida ham General Frankoning qöli borligi isbot sifatida keltiriladi. Ammo…
Bu taxminlar ança börttirilgan bölişi mumkin. Çunki aynan Franko afsonaviy Kubalaning «Barselona»ga ötişida köproq jonbozlik körsatgan. Kommunistik rejimdan qoçib kelgan Kubala uning diktatorlik tarğiboti uçun katta foyda keltirardi, hatto u haqida film ham olingandi.
Boşqa tarafdan olganda, Franko futbolni şunçalik sevgan deb tasavvur qilib köraylik, uning uçun «Real» emas, «Deportivo» (Franko Galisiyada tuğilgan) yoki «Rasing» qalban yaqinroq bölişi kerak edi. Xöp, agar Madrid klublari içidan tanlanişi lozim bölsa, armiyaçilar qaramoğidagi «Atletiko»ning tanlanişi mantiqiyroq bölardi, nima deysiz? Çunki «Real» 50-yillarda Yevropani zabt etgandan keyingina haqiqiy «Qirollik klubi» maqomini olgandi.
Agar bundan ham köz yumsak, nega aynan öşa finalda «Real» emas Bilbaoning «Atletik» jamoasi ğalaba qozondi? Franko öz nomi bilan yuritiladigan Kubokni sevimli jamoasiga topşirişni istaşi ham mumkin edi-ku!
Bundan taşqari, Franko rejimi qat'iy tus olgan 2-jahon uruşi yillarida, undan keyin ham «Real» uzoq vaqt içki çempionatda ğalaba qozona olmagan. Öz vaqtida «AS» gazetasi bu haqida hazil maqola bilan çiqqan.
«Real»ning aşaddiy muxlisi Franko jamoasini çempion qiliş uçun bor imkoniyatini işga soldi. Har mavsumdan keyin raqobat qiluvçi jamoalar öyinçilarini qamadi, hakamlarni, klub rahbarlarini qatl qildi, köryapsizki, bu ham yordam bermadi. 1954 yilga kelibgina «Real» çempionlik maqomiga ega böldi. Beçora diktator. Qölidan heç narsa kelmaydigan Franko» – deb kesatgandi gazeta, bu bilan Frankoning futbolga umuman aralaşmaganligini isbotlaşga harakat qilgandi. Aynan şunga öxşaş voqealar oldinroq, Italiyada «Latsio» va Mussolini bilan ham kuzatilgandi.
Yuqoridagilardan xulosa qiliş mumkinki, General Franko içki çempionat öyinlariga aralaşadigan darajada pastga tuşişiga işoniş öta muşkul. U futbolni, «Real»ni quvvatlagan, bu rost, ammo bu ham ança keyinroq, öşa «Real» butun Yevropa böylab Ispaniya futbolini tarğib etişni boşlaganda bölgan. 40-yillarda «Real»ning hukumatga, genarallarga töğridan-töğri, rasmiy yoki norasmiy aloqasi bölganligining isboti heç qayerda yöq. Klub prezidentligiga Santyago Bernabeuning kelişi bilangina, hukumat bilan rasmiy aloqalar örnatilgan va yangi stadion qurilişi (şuning uçun ham Madrid stadioni Santyago Bernabeu nomi bilan ataladi) yuzasidan katta kreditlar oliş va boşqa taşkiliy işlarda hamkorlik boşlab yuborilgan. Ya'ni, aynan Bernabeu davrida «Real» mamlakatda siyosiy darajaga kötarilgan, Franko ham aynan öşa paytda hayrixohlikni boşlagan. Qöli qonga tölgan diktatorning mamlakat futbolini butun dunyo böylab yoyiş orqali öz nomini tiklab oliş, xalq orasida obrösini kötariş va gunohlarini şu orqali «yuviş»ni istaşi tabiiy hol.
1943 yildagi voqeada esa pastroq doiradagi, «Real»ni va futbolni yanada qattiqroq yaxşi körgan boşqa amaldor ta'sir qilgan bölişi ehtimoli yuqori.
Öşa paytlarda sport işlari bilan şuğullangan 65 yoşli general-leytenant Xose Maskardo ismi ham «11:1» ga köpçilik tomonidan boğlangan. Aynan u Madridda tuğilganligi «Real»ning fanati bölganligiga dalolat qilişi mumkin. Ikkinçidan, u Barselonada ötgan dastlabki yarim finalni jonli kuzatgan va hakamning maydon egalariga yon bosganligini e'tirof etuvçilardan biri bölgan. Antikataloniya tarğibotini boşlab yuborişga asoslari yetarli bölgan, nega qilmasin? Şuningdek, aynan u sport işlariga va jurnalistlarga ta'sir eta oladigan kuç sohibi bölgan.
«Real»ning finalda «Atletik»ka öyinni boy berganligi holatiga ham izoh topilişi mumkin. Moskardoning ikkinçi familiyasi – Ituarte, ya'ni uning onasi basklar yurtidan bölgan. Bu ham bitta versiya.
Bu voqeaning asli qanday bölganligini biliş nihoyatda muşkul. Bu sirlarning oşkor etilişi imkonsiz. Nima bölgandayam, «11:1» tarixda özining öçmas izini qoldirdi. Bu ğalaba «El-klasiko» tarixidagi eng yirik hisob sifatida qayd etildi. Açinarlisi, aynan şu öyin ikki klub, ikki xalq futbol muxlislari orasidagi öçmas va tuganmas nafratning sababçisi sifatida muhrlandi. Tarixdagi voqealar orqali özaro adovatda bölgan xalqlarni birlaştirişi mumkin bölgan futbol yaralarni yangiladi, örtadagi çoğni yanada kattalaştirdi. Keyingi uçraşuvda ikki klub prezidentlarining bir-birlariga gullar taqdim etib, quçoqlaşişganiga ham heç kim e'tibor bergani yöq. Adovat tuğilib bölgandi allaqaçon.
Haqiqiy adovat aqlsiz insonlarning öylamay qilgan birgina qadami, öz prinsipini adolat mezonidan ustun qöyişlari oqibatida vujudga keladi. Adovatning yöqolişi esa yanada qiyin, buning uçun qanday voqea böliş kerakligini heç kim bilmaydi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi