Bugun barça davrlarning eng köp muhokamada böladigan uçraşuvi bölib ötadi. «Real» «Barselona»ga qarşi, Madrid Kataloniya qarama-qarşiligi. Ammo bu faqatgina şu bilan tugamaydi. Butun dunyo bu öyin kuni ikkiga bölinadi. Butun dunyo köradigan öyinda kimdir bir tomon, kimdir boşqa tomonda böladi.

Lekin şu öyinni ham yoqtirmaslik, yomon köriş mumkin. Tribuna.Uz «el-klasiko»ni yomon köriş uçun 10ta sababni sanab ötadi.

1. FUTBOLDAN KÖRA BIZNeS
Bu qandaydir şişirilgan pökakka öxşaydi. Böladi-ku, masalan, terma jamoamiz biror turnirda qatnaşsa, to yutqazib çiqib ketmagunça, hamma öşa turnir haqida gapiradi. Göyoki, futbol mana şu öyindan oldingi va keyingi davrlarga bölingandek. Messi nima qilarkin, Suares gol urarmikin, Ronaldu maydonga tuşarmikin, qayerga qaramang, qaysi muxlis bilan gaplaşmang, kimning muxlisi bölsangiz ham şu savol - siz kimdan çiqasiz?

Ispanlarning özi ham bu öyindan mast holatda, milliy çempionat qanday muammolar botqoğiga botmasin, ular dunyoga namoyiş qiliş uçun, dunyoga sotiş uçun yagona sifatli mahsulot şu öyin ekanini yaxşi biladilar. Eng yomoni, futboldagi globalizatsiya jamoalarning xususiyatlarini ham öldirdi, endi biz Klassikoda Kastilya va Kataloniya futbolini emas, dunyoning ikki terma jamoasi örtasidagi öyinni köramiz.

Yozda oxirgi 30 yilda birinçi marta El Klassiko örtoqlik öyini maqomida bölsa ham, Ispaniyadan taşqarida taşkil etildi. Bugungi öyin şu qadar erta bölib ötadiki, Osiyo bozorini ham hisobga oliş niyat qilingan. Yaqin kelajakda bu öyinlarning balki AQŞda bölib ötişi ham u qadar ahmoqona körinmayapti, nimayam derdik, Overton tuynugi işga tuşgan.

2. «ISPANIYaDA FAQAT IKKI ÖYIN BOR» DeYaVeRIŞADI
Deyarli har mavsum, taqvim e'lon qilinadimi, boşqa paytdami, bu gaplar köp yangraydi. Har yili turnir jadvalining yuqorisida mana şu ikki jamoa turgandan keyin, öz-özidan Ispaniya çempionatidagi boşqa jamoalarni tomoşa qilişdan nima naf?

Aslida, hatto Yevropada ham «Real» va «Barselona»ga tenglaşiş oson emasligini, boşqa ispan jamoalari ham tez-tez yevrokuboklarda özini körsatib kelişlari ham fikrni özgartirmaydi, negadir. Yaxşiyamki Simeone va uning «Atletiko»si çiqdi, Ligada katta öyinlar bir neça barobarga oşgandek böldi.

3. SIMULYaTsIYaLARGA TÖLA KÖÇA FUTBOLI
Öyinning ahamiyati va mas'uliyati şu qadar kattaki, ba'zida futbol yulduzlari ham doş bera olmay qoladilar.