Muhim siyosiy jarayon arafasida turibmiz. 24 dekabr — yakşanba kuni Toşkent şahar xalq deputatlari tuman Kengaşlariga saylov bölib ötadi. Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan bölib ötayotgan Toşkent şahar xalq deputatlari tuman Kengaşlariga saylov mamlakatimizda izçil rivojlanib, çuqurlaşib borayotgan demokratik jarayonlarning yana bir namoyişi bölişi şubhasiz.
Boisi saylov kampaniyasining boşlaniş davridan to hozirgi paytgaça bölib ötgan barça jarayonlarda — Özbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi saylovda iştirok etişga ijozat oliş, deputatlikka nomzodlarni röyxatga oliş uçun taqdim etiş, partiya nomzodlarining saylovoldi taşviqotida iştirok etiş qonunda belgilangan barça talab va muddatlarga qat'iy amal qilindi.
Bu haqda gapirganda mamlakatimizda saylov jarayoni oçiqligi va şaffofligi ta'minlanayotgani, saylovoldi taşviqotida siyosiy partiyalar iştiroki uçun teng imkoniyatlar yaratilgani, erkin va demokratik saylovlarni ötkaziş uçun zarur barça taşkiliy-huquqiy asoslar mavjudligini alohida ta'kidlaş joiz. Saylov kampaniyasini taşkil etişda Asosiy Qonunimizga kiritilgan sönggi tuzatişlarga muvofiq konstitutsiyaviy organ maqomini olgan Markaziy saylov komissiyasi muhim rol öynamoqda va u öz faoliyatini davlat organlaridan mustaqil tarzda olib bormoqda.
Saylov tizimidagi çuqur demokratik özgarişlar davlat hokimiyati va boşqaruvi tizimini keng miqyosli isloh qiliş bilan birga amalga oşirildi. 2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasi asosida qabul qilingan qonunlar davlat hokimiyati organlari tizimida Oliy Majlisning roli va ahamiyatini sezilarli darajada kuçaytirdi. Vazirlar Mahkamasi, ijro hokimiyati organlarining parlament oldida, joylardagi davlat boşqaruvi organlarining xalq deputatlari Kengaşlari oldidagi mas'uliyati oşirildi.
Jamiyat hayotida siyosiy partiyalarning örni va roli kuçayib, mamlakatimizda sodir bölayotgan demokratik yangilanişlar jarayoniga ularning ta'siri ortib bormoqda. Mazkur jarayonda “Davlat boşqaruvini yangilaş va yanada demokratlaştiriş hamda mamlakatni modernizatsiya qilişda siyosiy partiyalarning rolini kuçaytiriş töğrisida”gi Konstitutsiyaviy qonun, “Siyosiy partiyalar töğrisida”, “Siyosiy partiyalarni moliyalaştiriş töğrisida”, “Parlament nazorati töğrisida”gi qonunlar mamlakatimizda köppartiyaviylik tizimini yanada rivojlantiriş va siyosiy partiyalar faolligini oşiriş, ular örtasida soğlom raqobatni kuçaytirişga xizmat qilmoqda.
Siyosiy partiyalarning yetuklik darajasi, fuqarolarimizning huquqiy ongi, siyosiy va huquqiy madaniyati tobora yuksalib borayotgani bu kabi islohotlarni amalga oşirişning hal qiluvçi şarti va kafolatiga aylandi. Zero, Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda Özbekiston Ekologik harakati vakillari bilan videoselektor yiğilişidagi ma'ruzasida ta'kidlab ötganidek, “
Mavzuga oid
Har qanday siyosiy partiya zamon bilan hamnafas bölib, uning ötkir talablariga javob bergan taqdirdagina siyosiy kuç sifatida yaşay oladi
”.
Ta'kidlaş joiz, 2017 yil 24 dekabr kuni Toşkent şahar xalq deputatlari tuman Kengaşlariga bölib ötadigan saylovning saylovoldi taşviqoti ham mazmunan, ham taşkiliy jihatdan yuksak darajada ötmoqda. Boşqa siyosiy partiyalar singari Özbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi va uning deputatlikka nomzodlari taqdim etilgan imkoniyatlardan, xususan, ommaviy axborot vositalarining barça turlari, ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatidan keng foydalanib, bosma, körgazmaviy va boşqa taşviqot materiallarini çop etiş va tarqatiş, deputatlikka nomzodlarning saylovçilar bilan uçraşuvlarini taşkil etiş orqali saylovoldi taşviqotida faol iştirok etdi.
Avvalo, Özbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tomonidan Toşkent şahar tumanlaridagi barça 330 ta saylov okrugidan deputatlikka nomzodlar töliq körsatilib, ular saylovoldi taşviqotida töliq tarkibda iştirok etayotganini ta'kidlaş joiz. Şu bilan birga, Toşkent şahar xalq deputatlari tuman Kengaşlariga saylov kampaniyasi e'lon qilinganidan söng Özbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Toşkent şahar kengaşida markaziy saylov ştabi hamda partiya tuman taşkilotlari saylov ştablari tuzildi. Ular tarkibida deputatlikka nomzodlarning röyxatini şakllantiriş, saylovoldi taşviqotini olib boriş, saylovçilar bilan uçraşuvlarni taşkil etiş, işonçli, vakolatli vakillar hamda kuzatuvçilar bilan işlaş guruhlari tuzildi. Ayniqsa, partiyadan deputatlikka nomzodlarning saylovoldi taşviqotini samarali taşkil etişga alohida e'tibor qaratildi. Bu borada saylov ştabi tomonidan rivojlangan mamlakatlardagi munitsipial saylovlar tajribasi örganildi. Ulardagi siyosiy texnologiyalar özlaştirilib, Özbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan deputatlikka nomzodlarning saylovoldi taşviqoti jarayonida keng qöllanildi. Jumladan, deputatlikka nomzodlarni saylovçilar bilan yaqindan taniştiriş maqsadida flayyer, stiker, plakat va kalendarlardan keng foydalanildi.
Özbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Toşkent şahar xalq deputatlari tuman Kengaşlariga saylovida “An'analarimizni ardoqlang!”, “Biz mutolaaga çorlaymiz!”, “Barkamol avlod tarbiyasiga mas'ulmiz!”, “Turizm — iş örinlari uçun maqbul tizim!” kabi yangi şior va çaqiriqlar bilan iştirok etmoqda. Va bu şiorlar partiya saylovoldi taşviqot materiallarining barçasida aks ettirildi. Partiyamiz saylovoldi taşviqoti jarayonida nafaqat ommaviy axborot vositalariga, balki taşqi körgazmaviy taşviqotga ham alohida e'tibor qaratdi. Jumladan, Toşkent şahridagi barça 11 ta tumanning aholi eng gavjum joylariga partiya şiorlari aks ettirilgan, nomzodlarimizga ovoz berişga çaqiradigan 44 ta 3x6 xajmdagi bannerlar joylaştirildi.
Şu kunga qadar “Toşkent” telekanalida Özbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan deputatlikka nomzodlar va ularning saylovoldi dasturlari taşviqotiga bağişlangan, 20 daqiqadan iborat törtta körsatuv namoyiş etildi. Partiyaning 30 soniyalik videoroligi tayyorlanib, “Toşkent” telekanali, metropoliten bekatlari, yirik supermarketlar, partiyaning rasmiy veb sayti hamda ijtimoiy tarmoqlarda muntazam namoyiş etildi.
Saylovoldi taşviqoti jarayonida “Toşkent oqşomi” va “Veçerniy Taşkent” gazetalarida Özbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi uçun ajratilgan bepul sahifa maydonlaridan ham samarali foydalanildi. Ikkala gazetada ham özbek va rus tillarida partiyadan deputatlikka nomzodlarning saylovoldi dasturlari mazmun-mohiyatiga bağişlangan önta maqola e'lon qilindi.
Uşbu davrda partiya matbuot naşri — “Milliy tiklanish” gazetasida partiyamiz saylovoldi Platformasidagi vazifalar mazmun-mohiyati va ahamiyati, nomzodlarning saylovçilar bilan yuzma-yuz uçraşuvlariga bağişlangan maqolalar çop etildi. Özbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan deputatlikka nomzodlarning röyxati, ularning saylovoldi dasturi va tarjimai holi bilan saylovçilarni taniştiriş maqsadida “Milliy tiklanish” gazetasining faqat Toşkent şahar öquvçilari uçun möljallangan 3 ta maxsus soni çop etildi.
Saylovoldi taşviqoti jarayonida partiyamiz zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, xususan, global internet tarmoği imkoniyatidan ham faol foydalanib kelmoqda. Xususan, Özbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining rasmiy veb sayti (www.mt.uz)da va boşqa ommabop saytlarda deputatlikka nomzodlarning saylovçilar bilan uçraşuvlari, nomzodlar tomonidan ilgari surilayotgan ğoyalar keng yoritilmoqda. Eng köp öquvçilarga ega bölgan internet saytlarga partiyadan deputatlikka nomzodlarga ovoz berişga çaqiruvçi fleş bannerlar, videoroliklar joylaştirildi.
Bugungi globallaşuv davrida poytaxt aholisining internetdagi ijtimoiy tarmoqlardan köproq foydalanişini hisobga olgan holda, facebook, twitter, instagram ijtimoiy tarmoqlarida keng taşviqot olib borilmoqda. Avvalo, partiyamizdan Toşkent şahar xalq deputatlari tuman Kengaşlariga deputatlikka nomzodlarning har biri ijtimoiy tarmoqlarda öz sahifalari oçib, ularning saylovçilar bilan töğridan-töğri muloqoti yölga qöyildi. Bundan taşqari, Toşkent şahar partiya taşkilotining facebookdagi sahifasida, “Milliy tiklanish nomzodlariga ovoz bering” maxsus sahifasida hamda #ovoz_bering xeştegi ostida saylovoldi taşviqoti olib borilmoqda. Mazkur sahifalarda, asosan, deputatlikka nomzodlar haqidagi ma'lumotlar, partiya saylovoldi Platformasidagi ustuvor vazifalar, deputatlikka nomzodlarning saylovoldi dasturlari, maqsad va vazifalari hamda ularning mahalla, korxona, taşkilot, ta'lim muassasalarida saylovçilar bilan uçraşuvlari foto, audio va video körinişida yoritilmoqda.
Ayniqsa, deputatlikka nomzodlarning joylarda saylovçilar bilan bevosita uçraşuvlari qizğin davom etayotir. Bunday uçraşuvlar jarayoni siyosiy partiyalar ğoya va dasturlari örtasida raqobat kuçayib, aholining siyosiy pariyalarga işonçi ortib borayotganini amalda körsatmoqda. Partiyamizning xalq deputatlari tuman Kengaşlari deputatligiga nomzodlari tomonidan saylovçilar bilan ötkazilgan mingdan ortiq uçraşuvlarida fuqarolar öz savollari, taklif-mulohazalari bilan faol iştirok etdi.
Saylovoldi taşviqotiga yakun yasar ekanmiz, bu jarayonda poytaxt saylovçilarning huquqiy ongi, huquqiy madaniyati yuksalgani yaqqol namoyon bölayotganini alohida ta'kidlaş joiz. Uçraşuvlarda fuqarolar manfaatlariga daxldor dolzarb masalalar, ularni öylantirayotgan muammolar, hududlardagi ayrim kamçiliklar kötarildi. Bu partiyamiz va deputatlikka nomzodlardan mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça aniq nuqtai nazar va takliflarga ega bölişni, saylovdan söng saylovoldi va'dalar ijobati, saylovçi işonçini qozonişga bor imkoniyatimizni safarbar qilişni talab qiladi.
Saylovçilar işonçini qozonişda partiyamiz saylovoldi Platformasidagi maqsad-vazifalar bevosita aholi manfaatlari bilan boğliq bölişi muhim ahamiyatga ega. Özbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining asosiy maqsad-vazifalari haqida gapirar ekanmiz, undagi har bir yönaliş keng aholi qatlami manfaatlarini himoya qilişga qaratilganini alohida ta'kidlaş joiz. Partiyamiz milliy tiklanish ğoyasini amalga oşiriş, barqaror milliy rivojlanişni ta'minlaş, mamlakatimiz siyosiy, ijtimoiy, gumanitar hayotining barça sohalarida milliy manfaatlarni himoyalaş va ilgari suriş, milliy, madaniy va ma'naviy qadriyatlarni, boy tarixiy merosimiz, Özbekiston xalqining urf-odat va an'analarini asrab-avaylaş va köpaytiriş tarafdori.
Partiya siyosiy munosabatlar tizimida milliy ğoyamiz tamoyilining ustuvorligini ta'minlaş, jamiyatimizning axloqiy va ma'naviy asoslarini mustahkamlaş tarafdoridir. Partiya milliy özlikni anglaş, milliy ğurur va qadr-qimmat tuyğularining mustahkam qaror topişi, Özbekiston tarixining keng miqyosda izçil örganilişini ta'minlaş, tarixiy ötmişga va özbek xalqining hozirgi kundagi hayotiga baho berişda biryoqlama yondaşuvlarga yöl qöymaslik masalalariga hamişa katta e'tibor qaratib kelgan va buni davom ettiradi.
Biz xalqimizning tarixiy, madaniy va ilmiy-intellektual merosini köz qoraçiğidek asrab-avaylaş, boyitiş va ularni yanada köpaytirişga kömaklaşiş, uning muvaffaqiyatlarini kamol topib kelayotgan yoş avlod örtasida keng miqyosda tarğib etiş tarafdorimiz. Yoşlarni milliy tiklanish ğoyasi, milliy madaniyat va qadriyatlarni e'zozlaş ruhida tarbiyalaş, ularni xalqimizga yot bölgan “ommaviy madaniyat”ning salbiy ta'siridan muhofaza qiliş biz uçun nihoyatda katta ahamiyatga ega.
Özbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi import örnini bosadigan mahsulotlarni işlab çiqarişga ahd qilgan mahalliy işlab çiqaruvçilarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, milliy sanoatimizni texnik va texnologik modernizatsiya qiliş orqali uning samaradorligini yanada oşirişga alohida e'tibor qaratadi.
Partiya nuqtai nazariça, turizm iqtisodiyotning yanada rivojlaniş jarayonini tezlaştiruvçi omil bölib, iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni hal qiladi, şuningdek, Özbekiston xalqining noyob ma'naviy boyligi va tarixiy merosini tarğib etiş orqali mamlakatimizning xalqaro maydonda ijobiy imidjini şakllantirişning samarali vositasi hisoblanadi.
Özbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlaşni yanada kuçaytiriş, aholining ovqatlaniş xilma-xilligini kengaytiriş, uy-joy qurilişi sohasini qöllab-quvvatlaş, transport xizmati tizimini, xususan, mamlakatimizning olis va yetib boriş qiyin bölgan joylarida yaxşilaş, aholining elektorat qismi bandligi, birinçi navbatda, xotin-qizlar va yoşlar örtasida hunarmandçilik, oilaviy tadbirkorlik, kasanaçilikni rivojlantiriş evaziga ularni iş bilan ta'minlaşni kengaytirişga qaratilgan taşkiliy-huquqiy şart-şaroitlarni yaratişga intiladi.
Soğliqni saqlaş masalasida partiyamiz, boşqa partiyalardan farqli ölaroq, aholi örtasida soğlom turmuş tarzi va salomatlik madaniyatini ommalaştiriş, jismonan soğlom yoş avlodni tarbiyalab voyaga yetkaziş, bolalar va yoşlarning keng kölamda sport bilan muntazam şuğullanişi uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş, şuningdek, milliy sport turlarini qayta tiklaşni muhim vazifa, deb biladi.
Biz mamlakatda oilalarni mustahkamlaş va oilaviy qadriyatlarni ardoqlaş, yoş oilalarga ğamxörlikni oşiriş, mahalliy ahamiyatga ega bölgan masalalarni hal etişda, şuningdek, milliy va ma'naviy qadriyatlarni tiklaş va rivojlantirişda mahalla institutini yanada takomillaştiriş böyiça amalga oşirilayotgan keng kölamli işlarga kömaklaşiş kerak, deb hisoblaymiz.
Partiyamiz öz faoliyatida fuqarolarning yuqori darajada axborotga ega bölişini ta'minlaş, yagona milliy axborot makonini şakllantiriş orqali zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etiş, şuningdek, teleradioeşittirişlar tizimini modernizatsiya qiliş, yoşlarning kamolotiga xizmat qiladigan kreativ axborot muhitini yaratiş masalalariga e'tibor qaratadi.
Uşbu maqsad-vazifalarning har biri aholiga yaqinligi, uni amalga oşirişda tizimli mexanizm yölga qöyilgani bois saylovçilar bilan uçraşuvlarda aholi partiyamiz ğoyalariga xayrixohlik bildirdi. Poytaxtimizda amalga oşirilayotgan har bir islohot, yangilaniş va rivojlaniş negizida milliy tiklanish ğoyasi mujassam ekanini ta'kidlaşdi.
Yuqorida qayd etilgan vazifalarni amalga oşirişda siyosiy partiyalarga amaldagi qonunlar keng imkoniyat va vakolatlar beradi. Toşkent şahar xalq deputatlari tuman Kengaşlariga Özbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylanadigan yangi deputatlar korpusi qonun taşabbuskorligi, deputatlik nazorati, ijro hokimiyati organlari mansabdor şaxslari axborotlari eşituvini taşkil qiliş, xalq deputatlar tuman Kengaşlar sessiyalari kun tartibiga partiya Saylovoldi platformasi ijrosi hamda partiya elektorati manfaatlariga xizmat qiladigan masalalarni kiritiş orqali mazkur vazifalar ijrosida faol iştirok etadi.
Dunyoda keçayotgan globallaşuv jarayonlari bizning oldimizga har bir xalqning milliy özligini saqlab qolişi va milliy manfaatlarini himoya qiliş böyiça eng dolzarb vazifalarni qöymoqda. Çunki millat qadri, ğururi va manfaatlari uluğ va muqaddasdir. Bizning nazarimizda, faqat özligini anglagan va saqlab qolgan xalq buyuk işlarga qodir böladi.
Partiyamizdan saylangan deputatlar yuqorida ta'kidlangan ezgu niyatlarimizni, maqsad va vazifalarimizni röyobga çiqarişga butun kuç va imkoniyatlarini işga soladi.
Aziz hamşaharlar, hurmatli saylovçilar!
24 dekabr kuni Toşkent şahar xalq deputatlari tuman Kengaşlariga bölib ötadigan saylovda faol iştirok eting va ÖZBeKISTON “MILLIY TIKLANISh” DeMOKRATIK PARTIYaSI NOMZODLARIGA OVOZ BeRING!
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi