SAVOL: Men sport zali, ya'ni trenajyor zali, fitnes klubi faoliyatini yölga qöymoqçiman. Buning uçun qayerga murojaat qilişim kerak?

Aziz Niyatov.

JAVOB: «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari töğrisida»gi Qonunda tadbirkorlik faoliyati sub'yektlari qonun hujjatlarida taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oşirişga haqli ekanligi belgilangan.

«Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat etiş xususiyatiga ega hujjatlar» röyxatining 171-bandida Jismoniy tarbiya va sport davlat qömitasi jismoniy tarbiya-soğlomlaştiriş va sport inşootlarini foydalanişga ruxsat berişi belgilangan.

«Tadbirkorlik sub'yektlarini davlat röyxatidan ötkaziş tartibi töğrisida»gi nizomga köra, tadbirkorlik sub'yektlarini davlat röyxatidan ötkaziş va qayta röyxatdan ötkaziş tadbirkorlik sub'yektlariga «Yagona darça» tamoyili böyiça davlat xizmatlari körsatiş yagona markazlari tomonidan amalga oşiriladi.

Savolga Adliya vazirligi mas'ul xodimi Nusratullo Parpixöjayev javob berdi.

Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.