«Barselona» boş murabbiyi Ernesto Valverde, «Real»ga qarşi öyindan oldin, öz fikrlari bilan örtoqlaşdi.
«Biz favorit emasmiz. Bunday öyinlarda musobaqa jadvalidagi örinning ahamiyati juda kam, çunki bu özgaça bellaşuvdir.
Har ikkala jamoa örtasidagi kuraş qattiq böladi. Öz maydonida töp suriş omili ham hal qiluvçi ahamiyatga ega. Şu tufayli, biz favorit emasmiz, degan bölardim.
Oldimizdagi klasiko çempionlik taqdirini hal qilmaydi, bu aniq. Keyin nima bölişi haqida esa öyindan söng öylab köramiz. Hozirça, yutsak nima böladi, durang öynasakçi, yutqizsakçi, degan gaplardan foyda yöq. Ertaga nima bölişidan qat'i nazar, yöl hali juda uzoq», – deb Valverde sözlarini keltirmoqda Goal.












