Isroil YuNeSKO boş kotibini Rojdestvo ta'tillaridan keyin mamlakat taşkilot safini tark etişidan ogohlantirdi.

Tegişli körsatma Isroil boş vaziri Binyamin Netanyaxu tomonidan Isroilning taşkilotdagi vakili Karmel Şam Koenga yöllangan.

YuNeSKOning ijroiya kengaşi 2016 yil 18 oktabrdagi majlisida Ibodat tepaligi böyiça rezolyutsiyani tasdiqlagan. Unga köra, Al-Qudsdagi Al-Aqso masjidi iudaizm bilan heç qanday umumiylikka ega bölmagan musulmon qadamjosi deb atalgan.   

Netanyaxu 2017 yil oktabrda taşqi işlar vaziriga AQŞ ortidan Isroilning ham YuNeSKOdan çiqişi jarayonini boşlaş topşiriğini bergan.

BMT Boş assambleyasi 21 dekabrdagi yiğilişda Al-Qudsning Isroil poytaxti deb tan olinişiga qarşi ovoz berdi.