Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 dekabrdagi 1001-sonli qarori bilan Toşkent şahri va Toşkent viloyatida doimiy propiska qiliş va turgan joyi böyiça hisobga oliş tartibiga fuqarolarga qulaylik yaratişga qaratilgan özgartirişlar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati «Kun.uz»ga xabar berdi. 

1) Endilikda Toşkent şahrida va Toşkent viloyatida doimiy propiskaga ega böliş uçun turar joy hujjatlari, uy-joy mulkdorining arizasi, nikoh tuzilganligi yoki bolalar tuğilganligi töğrisidagi guvohnomalarning notarial tasdiqlangan nusxalari talab etilmaydi.

2) Toşkent şahar va Toşkent viloyatida doimiy propiskaga qöyişda quyidagi hujjatlar taqdim etilişi umuman bekor qilindi:
- er-xotinning amalda yaşagan joyida ularning kamida bir yil birgalikda yaşaganligi töğrisida mahalla yiğini raisi va profilaktika inspektori tomonidan imzolangan ma'lumotnoma;
- Oliy Majlisi palatalari, Özbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan, şuningdek, Özbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelişgan holda lavozimga tayinlanganlik, tasdiqlanganlik, saylanganlikni tasdiqlaydigan hujjatlarning kadrlar bölimi tomonidan tasdiqlangan nusxalari;
- davlat hokimiyatining vakillik organlariga saylanganlikni tasdiqlaydigan hujjatlarning kadrlar bölimi tomonidan tasdiqlangan nusxalari;
- lavozimga tayinlaş töğrisidagi buyruqdan köçirma.

3) Quyidagi hollarda vaqtinçalik hisobga qöyiş uçun turar joy ijara şartnomasi yoki turar joydan tekin foydalaniş şartnomasi talab etilmaydi.
- fuqaro (oila a'zolari bilan birga) turar joy mulkdorining yoki uşbu turar joyda doimiy yaşayotgan şaxsning yaqin qarindoşi bölsa, qarindoşligi darajasini tasdiqlaydigan hujjatlar taqdim etilganda;
- Toşkent şahar va Toşkent viloyatiga respublikaning boşqa hududlaridan xizmat safari, mehnat ta'tili, malakasini oşiriş, davolaniş munosabati bilan kelgan bölsa, tasdiqlovçi hujjatlar taqdim etilganda.