«Barselona» hujumçisi Lionel Messi Ispaniya çempionatining 17-turi doirasida «Real»ga qarşi keçgan va 3:0 hisobida yakunlangan öyin vaqtida 8ta aniq ötkir (kesik) pas bergan. Taqqoslaş uçun, «Real» futbolçilari jam bölib şunça miqdordagi ötkir pas berişgan. Joriy mavsumda Messi har öyinda örtaça 5,5 marta kesik paslar bermoqda va bu nafaqat Ispaniyada, balki barça çempionatlardagi eng yaxşi natija hisoblanadi.
Kataloniyaliklar jamoasi töp uçun kuraşda ham raqibdan samaraliroq harakat qilişgan. Öyinda jami 111 marta yakkakuraş kuzatilgan va şundan 63tasida katalonlar jamoasi yutib çiqqan (57 foiz).
Bu öyin «Real» uçun yakkakuraşlarni yutib çiqiş borasida joriy mavsumdagi eng yomon öyin böldi (43 foiz).
Qayd etiş kerakki, Zinedin Zidan şogirdlari bu öyindan keyin ham Ispaniyada yakkakuraşlarni yengib çiqiş borasida eng yaxşi körsatkiçga ega bölib qolmoqda (örtça 55,2 foiz). «Barselona» bu borada ikkinçi körsatkiçga ega – 53,4.
«Barselona» himoyaçisi Serxi Roberto bu öyinda raqibni aylanib aldab ötiş borasida eng yaxşi körsatkiçni qayd etdi – u 7 marta raqibni doğda qoldirdi. Ikkinçi – Lionel Messi (6), undan keyin Ivan Rakitiç (5). «Real» futbolçilari orasida eng köp marta raqibni aldab ötgan futbolçi Luka Modriç böldi (4). Kriştianu Ronaldu faqat bir marta driblingni muvaffaqiyatli qöllay oldi.
Roberto yakkakuraşlarda yutib çiqiş borasida ham yaqqol ustunlik körsatdi (12tadan 10ta – 83 foiz). Modriç ham 10 marta yakkakuraşda ustun kelgan, ammo u 16 marta töp uçun kuraşga kirişgan. Joriy mavsumda Ispaniya çempionatida yakkakuraşlarda yutib çiqiş borasida Serxi Robertoning natijasi har öyinda örtaça 8,2 marta, Modriçning körsatkiçi – 7,3.












