Özbekiston hukumatining 20 dekabrdagi qaroriga asosan, fuqarolar va tadbirkorlarga davlat xizmatlarini körsatiş jarayoni ança yengillaştirildi.
Endilikda notarial tasdiqlangan nusxalar faqatgina xorijdagi faoliyat uçun zarur bölgan, xorijiy davlatlar idoralari tomondan berilgan hamda apostil qöyilişi yoki qonuniylaştirilişi kerak bölgan, şuningdek, qonunda közda tutilgan holatlar uçun zarur bölgan hujjatlar uçun talab etiladi.
Endilikda jismoniy va yuridik şaxslarga taqdim etilayotgan hujjatlarning nusxalari davlat xizmatini körsatayotgan muassasa tomondan tasdiqlanadi. Qarorga köra, me'yoriy-huquqiy hujjatlar röyxatiga hujjatlarning notarial tasdiqlangan nusxalarini taqdim qiliş zaruratini bekor qiluvçi özgartirişlar kiritildi.
Misol uçun, endi Toşkent şahri va Toşkent viloyatida doimiy yaşaş uçun röyxatdan ötişni rasmiylaştirişda taqdim qilinadigan hujjatlarni notarial tasdiqlaş talab etilmaydi.












