«Barselona» boş murabbiyi Ernesto Valverde, La Liga 17-turidan örin olgan «Real»ga (3:0) qarşi öyinga yakun yasadi.
«Biz kuçli raqibni safarda mağlubiyatga uçratdik, bundan xursandmiz. Bu - klasiko, juda muhim öyin edi.
Hali çempionatning birinçi davrasi tugamadi, oldinda köp turlar bor. Hozir raqiblardan biroz özib ketdik, ammo ayni paytda buning ahamiyati yöq. Heç narsa hal bölmadi.
Birinçi bölimda, «Real» yaxşi öynadi. Ular bizni uzun pas orqali öynaşga majbur qildi. Tanaffusdan söng, öyinni va töpni nazorat qilişga muvaffaq böldik.
Ikkinçi goldan söng, taktikani özgartirib ötirmadik va hujum qilişda davom etdik. Bir futbolçi kam bölib öynasa-da, «Real» köp imkoniyatlarni yaratdi. Biz gol ötkazib yuborişimiz ham mumkin edi.
Bugun har ikkala jamoa ham ğalaba qozonişi mumkin edi. Bizning kuçimiz va saviyamiz juda yaqin. ammo bu öyin - hamma uçun dars böldi.
Oldin ular bizni mağlub etgandi, bugun esa biz yaxşi öynadik va qasos oldik. Hamma narsa özgaruvçandir», – dedi Valverde.












