Yaqindagina bularning bari fantastika yozuvçilarning uydirmasidek tuyulardi.

2017 yil kaşfiyotlar yili böldi: NASA köp martali raketalarni qöllaşni boşladi, inson qon tanaçalari yordamida saratonni davolaş usuli ixtiro qilindi, olimlar Yerning yöqolgan sakkizinçi qit'asini  aniqlaşdi. BusinessInsider yilning eng ajoyib va istiqbolli kaşfiyotlariga doir ma'lumotlar bilan bölişdi. 

32 olimdan iborat xalqaro guruh Tinç okeanining janubiy qismida yangi qit'ani aniqladi

Foto:  IODP/JSRO/Tim Fulton

Zelandiya suv osti qit'asi Yangi Zelandiya va Yangi Kaledoniya örtasida joylaşgan. 

U har doim ham suv ostida bölmagan — tadqiqotçilar qaçonlardir u yerda mavjud bölgan ösimlik va hayvonlar qoldiqlarini aniqlaşgan. Ba'zilar uni umumqabul qilingan yetti qit'a bilan teng alohida qit'a deb hisoblaş mumkin, deb hisoblaşadi. 

Olimlar hayotning sun'iy şaklini yaratişga yaqinlaşişdi

Foto: Shutterstock

Tirik mavjudotlarning DNKsi ikki aminokislotali juftlardan taşkil topgan: A-T (ade­nin-ti­min) va G-C (gu­a­nin-tsi­to­zin). Bu tört aminokislota dunyodagi butun genetik ma'lumot asosini taşkil qiladi.

Olimlar ikki yangi komponent, aminokislotalarning notabiiy jufti X-Y'ni sintezlaşdi. Ular noyabr oyida qanday qilib sun'iy komponentlar DNK bakteriyalariga tabiiylari bilan birga joylaştirilişini namoyiş qilişdi. 

Kaliforniyadagi Skripps  tadqiqot instituti olimlar guruhini boşqaruvçi Floyd Romesburg yangi kaşfiyot kasalliklarni davolaş usullarini yaxşilaş imkonini berişini ta'kidlamoqda. Hozirda uning jamoasi mazkur kaşfiyot saraton va autoimmun kasalliklarini davolaşda qanday foyda keltirişi mumkinligini aniqlamoqda. 

Olimlar kosmosda oltin va platina hosil bölişining guvohi bölişdi