Braziliyalik afsonaviy hujumçi Pele hozirgi paytda töp surganida, Yevropadagi qaysi klub tarkibida maydonga tuşgan bölişi mumkinligi haqidagi savolga javob qaytardi.
«Murakkab savol. Şunçaki faraz qiladigan bölsak, agarda men hozirgi vaqtda töp surganimda, faqat «Barselona» bilan şartnoma imzolagan bölardim, sababi uşbu jamoa «Santos»ga öxşaş uslubda töp suradi. Öylaşimça, Kataloniyada öynaş menga juda mos tuşgan bölardi», - deya aytib ötdi Pele RT’dagi Stan Collymore Show dasturiga bergan intervyusida.
Pelening ta'kidlaşiça, «Barselona» forvardlari Lionel Messi hamda Luis Suares bilan osongina til topişib ketgan bölardi. Şuningdek uning ma'lum qilişiça, jamoaga «Liverpul» va Braziliya terma jamoasi yarim himoyaçisi Filippe Koutinoni olgan bölardi.
Eslatib ötamiz, Pele Braziliyaning «Santos» va AQŞning «Nyu-York Kosmos» jamoalarida töp surgan.












