Los-Anjyelesning Kanoga-Park tumanida protivogazda bölgan erkak maçete (uzun piçoq) bilan ötkinçi odamlarga hujum qildi. Bu haqda New York daily news naşri ma'lum qildi.
Ma'lum qilinişiça, voqea joyiga tezda politsiyaçilar yetib kelib, jinoyatçini öqqa tutişgan. Hujum oqibatida 8 kişi jarohat olib, şifoxonaga yetkazilgan. Halok bölganlar haqida ma'lumot berilmagan. Şuningdek, voqeaning qolgan tafsilotlari ham noma'lumligiça qolmoqda.
Şahar politsiya boşqarmasining tvitterda ma'lum qilişiça, bosqinçi olgan jarohatlardan ölgan.

23 dekabrda AQŞning Federal qidiruvlar byurosi San-Frantsiskoda sobiq dengiz piyoda askarini Rojdestvoga terakt tayyorlaş gumoni bilan qölga oldi. Aniqlanişiça, 26 yoşli gumonlanuvçi IŞIDni qöllab-quvvatlagan.
FQBda ma'lum qilinişiça, gumonlanuvçining uyi tintuv qilinganda “Buni özingizga sörab oldingiz” degan yozuv va AQŞ prezidenti Donald Trampning Al-Qudsni Isroil poytaxti deb tan olişi qoralangan xat topilgan.












