Peruning sobiq prezidenti, korrupsiya va boşqa jinoyatlar uçun 25 yillik qamoq jazosini ötayotgan Alberto Fuximori 24 dekabrda mamlakatning amaldagi prezidenti Pedro Kuçinski tomondan afv etildi.

Prezident ma'muriyatining ma'lum qilişiça, Fuximori davolab bölmas va avj olib borayotgan kasallik tufayli insonparvarlik nuqtai nazaridan afv etildi.

Fuximori 23 dekabrdan beri gospitallardan birining jadal davolaş bölimida qolmoqda. U bu yerga qon bosimi keskin tuşib ketgandan keyin qamoqdan olib kelingan. 

Fuximori 1990 yildan 2000 yilgaça Peru prezidenti bölgan. U bu davr içida mamlakatni köplab yillar davomida qörquvda uşlab turgan “Sendero Luminoso” (Yoruğ yöl) söl maoistik guruhini deyarli töliq yöq qilişga muvaffaq bölgan. Guruh yetakçisi Abimael Gusman umrbod qamoq jazosiga mahkum qilingan. 

Biroq sud xulosasiga köra, Fuximori prezidentligi vaqtida kamida 200 mln dollarni özlaştirib olgan. Şuningdek, unga “senderistlar” bilan kuraş vaqtida qotilliklar sodir etiş, pora oliş, telefon suhbatlarini noqonuniy tinglaş va jurnalist, siyosatçi va biznesmenlarni sotib oliş ayblovlari qöyilgan.

Fuximori onkologik kasallikdan aziyat çekib keladi. Avvalroq unga afv etiş va uy qamoğiga ötkaziş rad etilgandi. Fuximori afv etilişi haqida özi 11 dekabrda söragan. Natijada afv etiş böyiça prezident komissiyasi Fuximorining salomatligi böyiça çiqarilgan tibbiy xulosa bilan tanişib, Kuçinskiga sobiq prezidentni afv etişni tavsiya qilgan.