Joriy yilning oktabrida işlab çiqarilgan Huawei Mate 10 Pro flagman smartfoni foydalanuvçilarda har taraflama qiziqiş uyğotdi - dizaynidan tortib to ajoyib kamerasigaça. Şunday bölsa-da, bu işlab çiqaruvçi odatda yiliga uçta flagman taqdim etadi.
Bölğusi yangi qurilma köplab xususiyatlar bilan "siylangan", biroq asosiylari - uç asosiy kamera, hoşiyasiz IPS-ekran hamda yuzni skanerlovçi iPhone X muqobili. Huawei P11 taşqi körinişni skanerlovçi modulga ega bölsa-da, işlab çiqaruvçi telefonning orqa tomonidan barmoq izlari skanerini ham joylaydi. Şunday ekan, foydalanuvçilar qaysi skaner modulidan foydalanişni tanlaş imkoniga ega bölişadi.

Bugun Science and Knowledge dizaynerlari birinçi marta haşamatli Huawei P11 smartfonini suratlarda namoyiş qilişdi. Dastlabki ma'lumotlarga köra, Xitoy korporatsiyasining yangi flagmani hoşiyasiz 6-dyuymli IPS-ekran, sakkiz yadroli HiSilicon Kirin 970 top-protsessori, 6 Gb operativ va 128 Gb fleş-xotira, uç asosiy 40 Mp va 24 Mp frontal kamera, şişa korpus va ikkinçi avlod USB Type-C'ga ega böladi.


Qator manbalar ma'lumotlariga köra, Huawei P11 uç asosiy kamerasi hisobiga ajoyib effektli suratlar oladi, şuningdek 4-karra optik zumlarni qöllaş imkonini beradi. Ma'lumot örnida aytiş joizki, bugungi kunda iPhone X, Samsung Galaxy Note 8 va boşqa top mobil qurilmalar faqat 2 karra yaqinlaştiruvni ta'minlay oladi.


Huawei kompaniyasining yangi smartfoni taqdimoti kelgusi yilning fevralida MWC 2018 körgazmasi doirasida bölib ötişi kutilmoqda.











