Yoşlar Ittifoqini hamma yomon köradi. Men, u, ular, magazinçi Ğaybulla...

Talabalik vaqtim darsda ötirganimda, auditoriyaga universitet rahbariyatidan bir kişi bir neça «dumi»ni ergaştirib kirib keladi. Kekkaygan bu kişi barçani tik turğizib, pöpisa ohangida gapirar ekan, he yöq, be yöq, jurnalistika fakultetini yopib yuboriş bilan tahdid qiladi. Kimningdir galstuk taqmagani, kimningdir umuman formada emasligi (kamina esa ham galstuksiz, ham oq köylaksiz, kamiga boş kiyim bostirilgan alfozda) fakultetimiz taqdirini xavf ostida qoldirgandi. Öşa kişi qaysi dars ekani, nima ötayotganimiz, jurnalistikadan nima bilişimiz bilan qiziqmagan, albatta.

Öşa qoruvli amaldor mansab pillapoyalarida tez kötarildi. Özim har safar uning yangi lavozimlari haqida xabar yozdim.

Şu kunlarda Şayxontohurdagi litseyda bölgan hodisa öşa kunni eslatdi. Albatta, bu boşqa zamon va boşqa makon, lekin bitta umumiylik bor - öqituvçining darsi, öquvçining huquqlari buzilmoqda.

Aniqlaştiramiz. Ötgan haftada feysbuk ijtimoiy tarmoğida Şayxontohur tumani Yoşlar Ittifoqi raisi tumandagi litseylardan birida amalga oşirgan xatti-harakatlari muhokamalar markazida böldi. Litseyda ona tili va adabiyot fanidan dars beruvçi öqituvçi Zulfiya Raşidovaning bayon qilişiça, YoI vakili dars vaqti xonaga kirib kelgan va öqituvçini pisand qilmasdan, uni aylanib ötib, öquvçilarni tergay boşlagan. U öquvçilarni söroq qilib bölgaçgina, xonada öqituvçi ham borligini «payqagan». Keyingi savollar öqituvçiga beriladi.

Dialog Raşidovaning tilidan keltiriladi:

...Keyin rais borligimni payqab qoldi:
– Nega partaning ustida telefon bor? Vazirlar Mahkamasining qarorini bilmaysizlarmi? Darsda telefondan foydalaniş mumkin emas!
– Fanimiz – adabiyot qoidalari. Litseyda darslik yöq, biz darslarda telefonda elektron şaklda öqiymiz asarlarni, rasmga olib bir-biriga ötkazişadi ma'lumotlarni, dedim.
(Töğri, bu gapni aytiş uçun örnimdan turmadim, u qanaqa sovuq gapirgan bölsa, şunday javob qildim). Raisga bu yoqmadi va közi bilan boşqa telefonni topdi:
– Nima, Perfectum telefon ham rasmga oladimi?
(Xöş, nima deyişim kerak edi şu paytda?
A. Telefon markalarini va ularning imkoniyatlarini bilmayman (rosti ham şu).