Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FIFA Rossiya futboli rahbarining o‘z ixtiyoriga ko‘ra ketgani uchun minnatdorchilik bildirdi
Rossiya futbol Ittifoqi prezidenti Vitaliy Mutko futboldagi faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatdi. Bu haqda «Sport-Ekspress» nashri xabar tarqatdi.
Manba bergan xabarga ko‘ra, Mutkoning o‘zi RFI ijroqo‘mining navbatdagi yig‘ilishidan so‘ng shu haqda ma'lum qilgan. Taxminlarga ko‘ra, Mutko doping mojarolari bilan bog‘liq vaziyat JCh-2018 musobaqasiga ta'sir o‘tkazmasligi uchun «olovni o‘chirish» maqsadida shunday qarorga kelgan.
Xalqaro futbol ittifoqi (FIFA) ham Mutkoning vaqtinchalik ketganiga o‘z fikrini bildirib o‘tdi:
«FIFA Mutkoning bunday qarorga kelganida Rossiyada bo‘lib o‘tadigan JCh-2018 manfaatlarini hisobga olganini yaxshi tushunamiz. FIFA jahon chempionatiga tayyorgarlik ketayotgan bu jarayonda o‘ta mas'uliyatli qaror qabul qilgani uchun minnatdorchilik bildiramiz.
Mutkoning qarori jahon chempionati tashkilotchiligining yuqori saviyada o‘tishiga xalaqit qilmaydi. Bu vaqtda FIFA, Rossiya hukumati, RFI va tashkiliy qo‘mita musobaqani yuqori saviyada tashkil etish uchun reja asosida tayyorgarlikni davom ettiradi», – deya FIFA bayonnomasidan iqtibos keltiradi TASS.
Mavzuga oid
20:05 / 28.05.2026
Mundial chiptalari nega rekord darajada qimmatlashib ketdi?
23:06 / 21.05.2026
O‘zbekiston U-17 jahon chempionatidagi raqiblarini bilib oldi
22:24 / 18.05.2026
Eron FIFAdan AQShda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etish kafolatini oldi
18:02 / 01.05.2026