Rossiya Markaziy saylov komissiyasi muxolif siyosatçi Aleksey Navalniyni 2018 yilgi prezidentlik sayloviga nomzod sifatida qabul qilmadi. Bunday qaror MSKning yiğilişida qabul qilindi, yiğiliş jonli efirga uzatildi.

MSK taşabbuskor guruhlar tomonidan nomzodi ilgari surilgan jurnalist Oleg Lureni ham muqaddam sudlangani tufayli saylovga nomzod sifatida röyxatdan ötkazmagandi. Şuningdek, yana bir taşabbuskor guruhlar vakili, tadbirkor Sergey Polonskiyning hujjatlari qaytarilgan. Bunga uning nomzodini belgilangan 500 nafardan kam kişi qöllab-quvvatlagani sabab böldi.

24 dekabr kuni Rossiyadagi taşabbuskor guruhlar tomonidan prezidentlikka nomzod sifatida ilgari surilgan muxolifatçi Aleksey Navalniy mamlakat markaziy saylov komissiyasiga hujjatlarini topşirgandi.

Navalniyning nomzodi qaytarilişi ham uning muqaddam sudlangani tufaylidir. Uni qaydnomadan ötkazişga MSKning 12 a'zosi ovoz bergan. Yana bir a'zo Nikolay Leviçev ovoz berişdan boş tortgan: u 2013 yilda Moskva merligi uçun saylovlarda Navalniy bilan raqobat qilgandi.

Navalniyning özi bu qaror orqali MSK Konstitutsiyani buzayotganini iddao qilmoqda.

Navalniy «Kirovles»dagi öğirlik işi böyiça şartli sudlangan. MSK raisi Ella Pamfilova bundan avvalroq Navalniy şu sababli 2018 yilgi prezidentlik saylovlarida iştirok eta olmasligini, u 2028 yildan keyin saylovlarda nomzodini qöyişi mumkinligini aytgandi.

Rossiya saylov qonunçiligiga köra, oğir jinoyat qilgani uçun sudlanganlar sudlanganligi olib taşlanganidan yoki sudlanganidan 10 yil ötganidan keyingina davlat rahbari bölişi mumkin.