Yaqinda “Ozodlik radiosi” saytida “Islom taraqqiyot markazi" quriladigan joydagi uylar kuç bilan buzib taşlandi” sarlavhasi ostida maqola çop etildi, deb xabar bermoqda Toşkent şahar hokimiyati veb-sayti. Qayd etilişiça, unda “Toşkentning Eski şahar qismidagi Hazrati Imom masjidi atrofidagi xonadon egalarining şikoyat qilişiça, 19 dekabr kuni bir neça xonadon kuç bilan buzib taşlandi” singari jumlalar mavjud.

Toşkent şahar hokimligining ma'lum qilişiça, şahar hokimining 2017 yil 12 iyundagi 749-sonli qaroriga asosan Olmazor tumani Xastimom majmuasidan Zarqaynar va Qorasaroy köçalari oraliğida joylaşgan masofada noturar va turar-joy binolari bosqiçma-bosqiç buzilişi belgilangan. Şuningdek, qarorda noturar va turarjoy binolari buzilişga tuşgan yuridik va jismoniy şaxslarga yetkazilgan zarar turini va miqdorini qoplaş böyiça komissiya xulosasini Toşkent şahar hokimligiga taqdim etiş nazarda tutilgan.

Uylari buzilişga tuşgan fuqarolarga Olmazor tumani hokimligi tomonidan qonun doirasida kafolat xatlari yuborilib, ularni uy bilan ta'minlaş borasidagi işlar amalga oşirilgan. Uy egalari ham ularga buzilgan xonadonlari örniga berilayotgan uylar böyiça e'tirozlari yöqligi haqida ariza yozib bergan. Kafolat xatlarida turar joyi buzilişga tuşgan fuqarolar uni olgandan söng beş kun muddat içida uyni böşatib buziş işlarini boşlaş haqida ogohlantirilgan.

Ta'kidlanişiça, maqolada keltirilgan Xatira Alimovaga ham 2017 yil 30 noyabrdagi 01-620-sonli Kafolat xati taqdim etilgan va uning yozma roziligiga asosan 1 xonali Olmazor tumani Qora qamiş 1/1 dahasi, 23-uy, 43-xonadon ajratib berilgan. Xatira Alimova röyxatda turgan Olmazor tumani Zarqaynar 14-berk köçasi 98-uyda 6 ta oila doimiy röyxatda bölib, şundan 3 ta oila doimiy yaşab kelgan. Xatira Alimovaning öğillari B.A.Kulmanov va Ğ.R.Xodjayevlarga ham Yunusobod tumani Şahriston köçasi hamda Olmazor tumani Yunusova köçasida joylaşgan köp qavatli uylardan xonadonlar ajratib berilgani aytiladi.