Telegram messenjeri işida yana nosozliklar röy berdi. Bundan internet-resurslar faoliyatini kuzatib boruvçi Downdetector portali ma'lumotlari darak bermoqda.
Foydalanuvçilarning xabarlariga köra, fotosuratlarni yuklaş juda ham sekinlaşgan.
Rossiyada Moskva, Sankt-Peterburg, Voronej, Qozon, Samara, Perm, Novosibirsk, Tomsk, Krasnoyarskdan bölgan foydalanuvçilarda muammolar kuzatilgan.
Şuningdek Özbekiston, Ukraina, Belarus, Germaniya, Italiya, Fransiya, Ispaniya, Gollandiya, Avstriya, Eron, Pokiston va boşqa davlatlarda ham nosozliklar kuzatilgan.
Messenjer işida avvalgi uziliş 18 dekabr kuni kuzatilgandi. Öşanda Telegram asosçisi Pavel Durov uni foydalanuvçilarning soni ortib ketgani bilan izohlagandi.












