Zarlanddagi Helmgolts nomli Farmatsevtik tadqiqotlar instituti (HIPS) va Helmgolts nomli Infektsiyalarni örganiş markazi (HZI) karolakton antibiotikining ajoyib xususiyatlari haqida ma'lum qilişdi. Olimlarning aniqlik kiritişiça, dori vositasi saraton hujayralari odatdagidan köra köproq muhtoj bölgan asosiy fermentni bloklar ekan. Nature Communications jurnali şu haqida xabar berdi. 

Karolakton Sorangium cellulosum bakteriyasidan olinadigan tabiiy antibiotik hisoblanadi. Modda boşqa bakteriyalardagi eng muhim jarayonlarni buziş va kariyesning asosiy sababi hisoblangan Streptococcus mutans mikrobi bioplyonkalarining hosil bölişi oldini olişga qodir. Bundan taşqari, karolakton eng xavfli bakteriyalardan biri bölgan Streptococcus pneumonieae'ning ösişiga tösqinlik qiladi. 

Germaniyalik olimlar moddaning noma'lum molekulyar maqsadini aniqlaşdi - u öziga xos FolD fermenti. Ta'kidlaş joizki, FolD har qanday organizm ösişi uçun hayotiy muhim ahamiyatga ega bölgan foliy kislotasi hosil bölişida iştirok etadi. U orqali nuklein kislotalari, aminokislotalar va provitaminlar hosil böladi. Bu ferment saraton hujayralari uçun juda ahamiyatli, u tajribalarda saraton hujayralari ösişini bloklaşga qodirligini namoyon etgan. Şunday qilib, karolakton onkokasalliklarga qarşi salohiyatli vosita bölib çiqdi.