Şvetsiyaning EV-Volumes kompaniyasi prognoziga köra, 2018 yil oxiriga kelib dunyo köçalari böylab 5 mln elektromobil harakatlanib yuradi. Hozirda esa jami elektromobillar soni 3 mln dan köproqni taşkil qilmoqda.

Yirik brendlarning Nissan Leaf’dan boşlab Jaguar iPace’gaça yangi modellari paydo böladi. AQŞda esa haydovçilar oxir-oqibat Tesla Model 3’ni oladilar.

Elektrokarlar uçun eng yirik bozor Xitoy bölib qolmoqda. Xitoy hukumati karbonat angidridning atrof-muhitga çiqarilişini kamaytiriş maqsadida elektrokarlarning tarqalişiga har tomonlama kömak bermoqda. 2020 yildan boşlab 10 ta yangi elektrokar işlab çiqarişga va'da berayotgan Toyota aynan Xitoy bozorini möljal qilgan. Kompaniya 2025 yildan boşlab elektr yoki gibrid muqobili bölmagan içki yonuv dvigatelli avtomobillarni boşqa işlab çiqarmaydi. Avvalroq bu haqda Volvo va Jaguar kompaniyalari ma'lum qilgandi.

Toyota 2030 yilgaça millionta elektrokar sotişni rejalaştirmoqda, Volkswagen esa bunga 2025 yilgaça erişmoqçi. BMW esa 2025 yilgaça 12 ta elektrokar işlab çiqarmoqçi. Elektrokarlar uçun batareyalar işlab çiqarişda ham raqobat kuçayişi kutilmoqda. BMW bu borada SolidPower bilan hamkorlik qilmoqda, Toyota esa öz bölinmasini taşkil etgan. 

Elektrokarlar savdosi katta miqdorda oşganiga qaramasdan, ularning jahon bozoridagi uluşi hozirça juda kiçikdir: joriy yilda içki yonuv dvigateliga ega maşinalardan 80 mln ta sotilgan bölsa, elektrokar va gibrid maşinalardan bor-yöği 1 mln ta sotilgan. Ya'ni elektrokarlar uluşi butun bozorning 1,25 foizini taşkil qilmoqda.

Tadqiqotlarga köra, elektrokarlarga ötiş orqali örtamiyona amerikalik yonilğida yiliga 770 dollar tejar ekan.