Farğonada valyuta qimmatliklari qonunga xilof ravişda muomalaga kiritmoqçi bölgan 11 fuqaroga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan. 141 ma'muriy huquqbuzarlikka doir işlar yuritilgan. Bu haqda ÖzA yozmoqda.
Milliy xavfsizlik xizmati Farğona viloyat boşqarmasi, Boş prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallaştirişga qarşi kuraşiş departamenti viloyat boşqarmasi hamda viloyat içki işlar boşqarmasi hamkorlikda ötkazgan tezkor tadbirlar davomida 152 holatda fuqarolar tomonidan valyuta qimmatliklari qonunga xilof ravişda muomalaga kiritilgani aniqlangan.
D.Berdiqulov va U.Ergaşevlar 8 ming 250 AQŞ dollarini 63 million 937 ming 500 sömga sotayotgan vaqtda daliliy aşyo bilan uşlangan.
T.Soliyev va Ğ.Mamasoliyevlar 7 ming AQŞ dollarini 53 million 900 ming sömga sotgan vaqtida uşlangan. Ularning yonidan 699 AQŞ dollari va 864 ming söm pullar sotiş maqsadida saqlab kelingani aniqlanib, aşyoviy dalil sifatda olingan.












