Amerikaning SpaceX kompaniyasi direktori Ilon Mask Tesla Model Y ketidan elektropikap işlab çiqarişga va'da berdi.
"Model Y ketidan pikap işlab çiqaramiz. Deyarli beş yildan beri pikapning dizayn va muhandislik detallariga doir ğoyalarni miyamda saqlab kelmoqdaman. Uni tez orada işlab çiqarişga va'da beraman", - dedi Mask Twitter foydalanuvçilaridan birining pikap işlab çiqariş iltimosiga javoban.
Oktyabrda Tesla Inc. kompaniyasi mustaqil boşqaruv texnologiyasiga ega Tesla Semi elektr yuk maşinasi prototipini namoyiş qildi. Mask taqdimotda elektr yuk maşinasini yaratiş jahon iqtisodiyotini qazib olinuvçi yonilğini qöllaşdan ozod qiluvçi yönalişdagi navbatdagi qadam ekanini ta'kidlagandi. Tesla Semi'ni seriyali işlab çiqarişga 2019 yilda start beriladi.












