Misr hukumati 2013 yilda Sinayda amalga oşirilgan hujum uçun qamalgan 15 jangarini qatl etdi. Öşanda hokimiyat tepasiga kelgan harbiylar yarim orolda hukumat tepasidan çetlatilgan prezidentning qurollangan tarafdorlariga qarşi amaliyot ötkazişgandi, deb xabar qilmoqda Bi-bi-si.
Qatl 2015 yildan beri eng yirigiga aylandi hamda mamlakat tarixidagi eng qonli terakt – Sinaydagi masjidga amalga oşirilgan hujumdan (300 dan ortiq inson halok böldi – tah.) söng bir oy ötib ijroga keltirildi.
Öşanda Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisiy harbiylarga yarim orolda radikal kayfiyatdagi tuzilmalarni yöq qiliş uçun uç oy muddat hamda “qöpol kuçdan” foydalanişga ruxsat berdi.
Mamlakat şimolidagi ikki qamoqxonada seşanba kuni qatl etilgan şaxslar 2013 yildagi qotilliklar va harbiy texnikani portlatiş aybi bilan qamalgandi. Öşa yili armiya prezident Muhammad Mursiyni hokimiyatdan çetlatdi, uning “Musulmon birodarlar” taşkilotidan bölgan tarafdorlari esa qonundan taşqarida, deb ma'lum qilindi.












