«Çelsi», «Monako», «Mançester Siti» va «Milan» futbol jamoalarining sobiq futbolçisi, ayni vaqtda siyosiy davlat arbobi Jorj Vea Liberiyadagi prezidentlik saylovining ikkinçi turida ğalaba qozondi. Endilikda, 1995 yilgi «Oltin töp» sohibi Afrikaning uşbu davlatini boşqaradi. 

Saylovning birinçi turi oktabr oyida bölib ötgan edi. Öşanda Veaga saylovçilarning 38,4 foizi işonç bildirişdi. Uning asosiy raqibi – Liberiya vitse-prezidenti Jozef Bokayga 28,8 foiz saylovçi ovoz berdi. Mamlakat qonunçiligiga köra, saylovning ikkinçi turi noyabr oyida bölib ötişi kerak edi. Ammo birinçi turda uçinçi örinni olgan nomzod saylov natijalarini oliy sudda körib çiqilişiga erişdi. 

51 yoşli Vea 1995 yili dunyoning eng yaxşi futbolçisi bölgan edi. Bundan taşqari, 1989, 1994 va 1995 yillarda Afrikaning eng yaxşi futbolçisi deb topilgan. 

Foto:  Arxiv foto