Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning ma'lum qilişiça, mamlakat MDHga raislik qilişi davomida eng asosiy sa'y-harakatlarni harbiy-texnik hamkorlikni mustahkamlaşga yönaltiradi. Ayniqsa harbiy hamkorlik konsepsiyasini amalga oşiriş va taşqi çegaralarda çegaraoldi xavfsizligini mustahkamlaş böyiça hamkorlik dasturiga alohida e'tibor qaratiladi.

"Joriy yilda jahonda köplab xavotirli hodisalar röy berdi – bu, birinçi navbatda, dunyoning turli mamlakatlarida terrorizm va ekstremizmning faollaşişi, Yaqin Şarqdagi voqealar va Koreya yarim orolidagi vaziyat", - deya aytib ötdi u MDH davlatlari yetakçilarining norasmiy uçraşuvida.

"Afğonistondagi vaziyat yomonlaşgani bilan boğliq muammolarni alohida tilga olib ötiş joiz. Afğonistondagi vaziyat hamon xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi asosiy masala bölib turibdi. Afğonistonda, xususan, mamlakat şimolida IŞID terrorçilik guruhi va bizga ma'lum bölgan boşqa radikal guruhlar faolligi oşmoqda. Şu nuqtai nazardan xalqaro terrorçilik guruhlar kuçlarining harakatlanişi bilan boğliq masala dolzarb bölib qolmoqda. Bu guruhlar tarkibida Hamdöstlik mamlakatlaridan bölganlarning borligi esa – alohida tahdid. Şu bilan birga, bu davlatda giyohvand moddalarning noqonuniy işlab çiqarilişi hajmi va eksporti oşmoqda", - deya qöşimça qilib ötdi Rahmon.

Uning ta'kidlaşiça, NATOning Afğonistondagi köp yillik missiyasi kerakli natijalarni bermadi. "Biz afğon jamiyati kelasi yili siyosiy rivojlanişning juda muhim pallasiga kirişini ham e'tiborga olişimiz kerak. Men keyingi yilgi parlament saylovlari va mamlakatda bir yildan söng bölib ötişi möljallangan prezidentlik saylovlarini nazarda tutmoqdaman. Bu hodisalarning bari bizdan kerakli darajada e'tibor hamda muvofiqlaştirilgan harakatlarni talab etadi", - deya aytib ötdi Rahmon.

Şu bilan birga, Tojikiston rahbarining qayd etişiça, MDH davlatlaridagi vaziyat barqaror bölib qolmoqda. "Bizning MDHdagi raisligimizda asosiy ustuvor yönaliş harbiy-texnik hamkorlikni mustahkamlaşga qaratiladi. Biz harbiy hamkorlik konsepsiyasini amalga oşiriş va taşqi çegaralarda çegaraoldi xavfsizligini mustahkamlaş böyiça hamkorlik dasturiga alohida e'tibor qaratamiz. Terrorizm, ekstremizm, giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasi bilan kuraş masalalariga tegişli e'tibor beriladi", - deya ma'lum qildi u.

Prezidentning qöşimça qilişiça, iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantiriş va gumanitar sohadagi hamkorlikni ilgari surişga ham tegişli sa'y-harakatlar yönaltiriladi.