Reddit forumining BadBurrito78 nikli foydalanuvçisi forumda uning iPad planşeti 47 yilga bloklab qöyilganidan şikoyat qildi.

Gadjyet egasining aytişiça, u planşetdan 3 yilça foydalanmagan. Yaqinda u qurilmani yoqişga qaror qilgan, biroq ekranda qurilma faolsizlaştirilgani haqida ma'lumot çiqqan. Foydalanuvçiga qurilmani 24735744 daqiqadan (47 yildan) keyin yoqib köriş tavsiya qilingan.

Foto: Reddit

Aniqlanişiça, qurilma uzoq vaqt işlatilmagani sababli undagi barça sozlamalar taşlab yuborilib, 1970 yil 1 yanvar sanasiga qaytib qolgan. Gadjyet yoqilgandan keyin vaqtni tekşirib, ekranga xatolik haqida ma'lumot çiqargan. 

Foydalanuvçi bu muammoni qanday hal qilişni bilmasligini aytgan. Izohlarda unga planşetni kompyuterga ulab, sanani özgartirib köriş tavsiya qilingan.