Amerikaning Facebook kompaniyasi Çeçen Respublikasi rahbari Ramzon Qodirovning akkaunti bloklanganini uning AQŞ sanktsion röyxatiga kiritilgani bilan izohladi.
Ijtimoiy tarmoqda unga nisbatan savdo-iqtisodiy çeklovlar kuçga kirgani aytilgan. "Şu munosabat bilan Facebook yuridik jihatdan bu şaxsning akkauntlarini deaktivatsiya qilişga majbur", - deyiladi kompaniyaning RIA "Novosti"ga kelib tuşgan rasmiy izohida.
Qodirovning Facebook va Instagram'dagi profillari şanba kuni işlaşdan töxtagan. Kremlda ijtimoiy tarmoqlarning bunday siyosati taşviş uyğotişi va ularning nufuziga putur yetkazişi ta'kidlangan. Çeçeniston rahbarining özi bundan xafa emasligini aytgan. U Telegram va Mylistory'da profil oçgan.
Ötgan haftada Qöşma Ştatlar Magnitskiyning sanktsion röyxatiga 5 nafar rossiyalikni kiritgan edi, ularning orasida Ramzon Qodirov ham bölgan. Röyxatdagilar inson huquqlarini buzişda ayblanmoqda. Çeçeniston prezidentining fikriça, AQŞ uning öz hayotini terrorizmga qarşi kuraşga bağişlaganini keçira olmaydi. Davlat dumasida simmetrik javob tayyorlaşga va'da berildi.












