LG Electronics (LG) HERETechnologies (HERE) kompaniyasi bilan hamkorlik haqida ma'lum qildi, u raqamli kartografiya xizmatlari va joylaşiş yerini aniqlaş servislarini avtomatik boşqariluvçi transport vositalari uçun kelajak telematik texnologiyasini yaratiş maqsadidagi jahon yetkazib beruvçisi sanaladi. Işlanma LĞning yuqori aniqlikdagi kartografik ma'lumotlari va joylaşuv yerini aniqlaş xizmatlariga ega HERE Open Location Platform platformasi negizidagi yaxşilangan telematika texnologiyasini uyğunlaştiradi. Kompaniyalar rejalaştirilayotgan hamkorlik yordamida butun dunyodagi avtomobil işlab çiqaruvçilarini yuqori avtomatlaştirilgan va butunlay avtonom avtomobillar uçun işonçli ma'lumot almaşiş markazi bilan qöllab-quvvatlaşga harakat qiladilar.

Telematika – bu telekommunikatsiya vositalari hamda informatikani ularni köngiloçar servislar va transport vositalari xavfsizligini ta'minlaş uskunalarida qöllaş uçun boğlaydi (navigatsiya, joylaşuvni tasdiqlaş, favqulodda vaziyatlarning dispetçerlik xizmati va boşqalar), ular turli texnik aloqa vositalari orqali işlaydi: GPS va DMB tarmoqlaridan (Digital Multimedia Broadcasting – raqamli multimediya uzatuvi şakli) to Bluetooth, Wi-Fi hamda mobil aloqagaça. 2013 yildan beri LG kompaniyasi qayta işlaş va ma'lumotlarni beriş integratsiyalangan vositalari jahon bozorida yetakçi hisoblanib, yuqori aniqlikdagi kartografik ma'lumotni taklif etuvçi ilğor yeçimlarni tatbiq etişga urinmoqda. Bu avtonom transport vositalarining tez rivojlanayotgan sanoati ehtiyojlarini qanoatlantiriş uçun kerak.

HERE avtomobil sanoati uçun kartografik ma'lumotlar va joylaşuvni aniqlaş böyiça xizmatlarning jahondagi yetakçi yetkazib beruvçisidir. Bugungi kunda 100 mln.dan ortiq avtomobillar HERE texnologiyasidan foydalangan holda boşqariladi. Kompaniya HDLiveMap xaritalarni işlab çiqiş böyiça avtomobil işlab çiqaruvçilari bilan ham hamkorlik qiladi. Ular – yuqori aniqlikdagi bulutli kartografik servis bölib, haydovçiga kömak körsatiş ADAS (AdvancedDriverAssistanceSystems) zamonaviy tizimining ulanganligi bilan qöllab-quvvatlanadi hamda boşqaruv uçun avtomatlaştirilgan yeçimlarga ega. LG avtomobil sanoati uçun qöşma mahsulotda foydalanişni möljallagan HDLiveMap xaritasi yöllar va atrofdagi obektlar: yöl belgilari, bekatlar körsatkiçlari, piyodalar ötiş yölaklari, tezlikni çeklaş belgilari hamda svetoforlarni aniqlay oladi. HERE intellektual işlanmalari muhimligi va kompaniya salohiyati şuni ta'kidlaydiki, 2015 yilda jahon avtomobil işlab çiqaruvçilari konsorsiumi - Audi, BMW va Daimler – HERE’ni xarid qildi. Öşandan beri boşqa texnologik sohalardan bölgan kompaniyalar ham HERE investorlariga aylanişdi.