Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Özbekiston Respublikasi san'at arbobi Ibrohim Ğafurovni 80 yoşi bilan tabrikladi. Tabrik matni ÖzA saytida keltirilgan.

Muhtaram Ibrohim Usmonoviç!
Avvalambor, Sizni kamolot va donişmandlik fasli – tabarruk 80 yoşingiz bilan samimiy muborakbod etaman.
El-yurtimiz Sizni noyob iste'dodi va samarali ijodi bilan jamiyatimizning ma'naviy va ijtimoiy ravnaqiga munosib hissa qöşib kelayotgan atoqli ma'rifatparvar adib, yirik olim, faol jamoat arbobi sifatida yaxşi biladi va yuksak qadrlaydi.
Sizning yigirmançi asr özbek adabiyotida öçmas iz qoldirgan buyuk söz san'atkorlarining murakkab va ibratli hayot va ijod yöliga bağişlangan teran adabiy tadqiqotlaringiz, “Gözallikning olmos qirralari”, “Joziba”, “Yonar söz”, “Yam-yaşil daraxt”, “Hayo – xaloskor”, “Mangu latofat” singari öquvçilar qalbidan çuqur joy olgan kitob va risolalaringiz özbek adabiyotşunosligi va tanqidçiligining yorqin sahifalarini taşkil etadi.
Ayni paytda adabiyot ixlosmandlari Sizni badiiy tarjima sohasida öziga xos maktab yaratgan, milliy adabiyotimiz xazinasini boyitişga ulkan hissa qöşgan benazir va mohir tarjimon sifatida e'tirof etadilar.
Özbek kitobxoni Sizning zahmatli izlanişlaringiz tufayli jahon adabiyotining mumtoz namunalarini, jumladan, Lev Tolstoy, Gi de Mopassan, Fyodor Dostoyevskiy, Jyeyms Joys, Ernest Xeminguey, Fridrix Nitsşe, Gabriel Garsia Markes, Çingiz Aytmatov singari betakror ijodkorlarning asarlarini öz ona tilida öqişga muvaffaq böldi.
Yuksak malakali noşir va hassos publitsist sifatidagi Sizning fidokorona xizmatlaringiz mamlakatimizda naşriyot-matbaa sohasi va milliy jurnalistikamizni ravnaq toptirişga katta hissa bölib qöşilganini alohida ta'kidlaş lozim.
Doimo yangilikka intilib yaşaydigan, jonkuyar va mehribon ustoz sifatida köp yillar davomida Özbekiston Milliy universiteti hamda Özbekiston davlat jahon tillari universitetida yoşlarga saboq berib, köplab iste'dodli şogirdlar tarbiyalaganingiz har tomonlama tahsinga loyiqdir.











