Özbekiston xalq şoiri Oydin Hojiyeva 14 may kuni 81 yoşida vafot etdi. Bu haqda Yozuvçilar uyuşmasi axborot xizmati xabar berdi.
«Oydin Hojiyevaning deyarli barça töplamlarida pokiza va mehribon, keçirimli va sadoqatli ona tuyğulari, vafodor yor, didli, farosatli va nozikta’b şoira qalbi jöş urib turadi. Ayni çoğda dunyo voqealariga hamdardlik, insonlar muşkulini yengillatiş uçun kuraş, öz ona xalqi, ona tuproği, madaniy merosiga mehr tuyğusi balqib turadi», deyiladi uyuşma axborotida.
Oydin Hojiyeva 1942 yil 22 aprelda Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi Böston qişloğida tuğilgan. 1966 yil Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning filologiya fakultetini tamomlagan. U 1965−1976 yillarda «Şarq yulduzi» jurnalida adabiy xodim, bölim mudiri, 1976−1985 yillar «Saodat» jurnalida bölim mudiri, 1985−1995 yillarda «Gulxan», 1995 yildan esa «Saodat» jurnali muharriri lavozimida işlagan.
Oydin Hojiyeva ijodi 60-yillarning ikkinçi yarmidan boşlangan. Uning birinçi şe’riy töplami 1970 yilda «Şabnam» nomi bilan çop etilgan. Şundan söng 20 ga yaqin ortiq şe’riy kitoblari naşr qilingan. Xususan, 1972 yil «Men sevgan qöşiq», «Zar kokil qiz va quyoş», 1975 yil «Manzillar», 1977 yil «Navo», 1978 yil «Tarovat», 1979 yil «Buvisining öz qizi», 1980 yil «Dostonlar», «Tamal toşi», 1989 yil «Saylanma», 1991 yil «Najot», «Olisdan kelgan ovoz», 1996 yil «Közimning oqu qarosi» va boşqa köplab şe’riy töplamlari naşr qilingan.
Oydin Hojiyeva tarjimon sifatida Şandor Petefi, A.Mskeviç, Ovanes Tumanyan, Fayz Ahmad Fayz, Edi Ognetsvet, Rimma Kazakova, Fariza Ungarsinova, Oyjamol Omarova, Gulruxsor, Ibroyim Yusupov, Maryamxon Abulqosimova va boşqa köplab jahon hamda qardoş xalqlar adabiyot vakillarining ijod namunalarini özbekçaga ögirgan. Özining şe’rlari rus, ukrain, qozoq, qirğiz, tojik, belarus, fransuz, ingliz va urdu tillarida naşr etilgan.
Şoira 1975 yilda Yoşlar ittifoqi mukofoti sovrindori bölgan. 1992 yil Özbekiston xalq şoiri unvoni, 1999 yil «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlangan.
Oydin Hojiyeva taniqli adabiyotşunos, Özbekiston Qahramoni Ibrohim Ğafurov bilan turmuş qurgan.











