Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburgdagi portlaşni terakt deb atadi, deya xabar bermoqda RIA «Novosti».

«Sizlar bilasizlarki, keça Peterburgda terrorçilik hujumi amalga oşirildi», - deya aytdi Putin.

Sönggi ma'lumotlarga köra, Sankt-Peterburgdagi supermarketda röy bergan portlaş oqibatida umumiy hisobda 13 kişi jabrlandi.

Sankt-Peterburgda 27 dekabr keçki vaqt Kondratev köçasidagi “Peryokrestok” dökonida portlaş sodir böldi. Dastlabki ma'lumotlarga köra, portlaşga kuçliligi 200 gramm trotil moddasiga teng bölgan va jarohatlovçi elementlar bilan töldirilgan portlovçi qurilma sabab bölgan. Uşbu holat yuzasidan bir neça kişining hayotiga suiqasd qilişga uriniş böyiça jinoiy iş qözğatilgan.