Rossiya Markaziy saylov komissiyasi 2018 yilgi prezidentlik saylovlari uçun nomzod Vladimir Putinni mustaqil ravişda ilgari suriş uçun taşkil etilgan saylovçilar guruhini, şuningdek uning vakolatli vakillarini röyxatdan ötkazdi. Bu haqda «Interfaks» xabar bermoqda.

Rossiya MSKning alohida qarori bilan Putinga saylov jamğarmasini şakllantiriş va saylovoldi taşviqotini boşlaş uçun maxsus saylov hisob raqamini oçişga ruxsat berilgan.

Komissiyaning barça a'zolari tomonidan bir ovozdan qabul qilingan qarorlarga köra, MSK Putinning taşabbus guruhini va uning vakolatli vakillarini – beş kişini röyxatdan ötkazdi. Röyxatdan Oksana Drujinina, Aleksey Yermakov, Sergey Kabişev, Andrey Tixomirov va Nadejda Çuçelina joy oldi. Şuningdek, MSK Putinning moliyaviy masalalar böyiça vakolatli vakilini ham röyxatdan ötkazdi, bu lavozimni Natalya Orlova egalladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Putin saylovlarda iştirok etiş uçun hujjatlarini topşirgani xabar berilgandi.