Qirğiziston Respublikasining Özbekistondagi elçixonasida "2017 yilda Özbekiston – Qirğiziston hamkorligi hamda 2018 yilda uşbu aloqalarni yanada rivojlantiriş istiqbollari" mavzuida brifing taşkil etildi. 

ÖzA xabariga köra, unda Qirğiziston Respublikasining Özbekistondagi Favqulodda va muxtor elçisi Doniyor Sidiqov va boşqalar Özbekiston – Qirğiziston hamkorligining yangi bosqiçi va uni yanada taraqqiy ettiriş yuzasidan amalga oşirilayotgan keng kölamli işlar haqida jurnalistlarga ma'lumot berdi. 

2017 yil mamlakatlarimizning özaro munosabatlari rivojida tarixiy davr böldi. Özbekiston va Qirğiziston Prezidentlari şu yilning özida olti marotaba uçraşdi. Ikki tomonlama hamkorlik böyiça hukumatlararo, parlamentlararo va idoralararo taşriflar amalga oşirildi. Işbilarmon doiralar iştirokida biznes-forumlar, milliy mahsulotlar körgazmalari ötkazildi. «Toşkent – Andijon – Öş – Irkiştom – Qoşğar» yönalişi böyiça birinçi xalqaro avtokarvon muvaffaqiyatli taşkil etildi. Çegaradoş hududlar örtasida töğridan-töğri aloqalar örnatilgani azaldan qavmu qarindoş bölgan xalqlarimizning bordi-keldisiga keng yöl oçdi. 

Madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik ikki tomonlama munosabatlarda muhim örin tutadi. Joriy yilda Qirğizistonda Özbekiston madaniyati kunlari ötkazildi. Qirğiziston teatr ijodkorlari Özbekistonga, özbekistonlik san'atkorlar Qirğizistonga ijodiy safarlar uyuştirdi. Samarqandda bölib ötgan «Şarq taronalari» xalqaro festivalida qirğizistonlik san'at ustalari ikkinçi örinni qölga kiritdi. Yaqinda Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universitetida «Çingiz Aytmatov va Özbekiston» doimiy ekspozitsiyasi iş boşladi. 

Brifingda ta'kidlanganidek, Qirğiziston Respublikasi Prezidenti Sooranbay Jeenbekovning 2017 yil 13-14 dekabr kunlari mamlakatimizga amalga oşirgan ilk taşrifi «Özbekiston taşqi siyosatida Markaziy Osiyo – boş ustuvor yönaliş» tamoyilining yana bir yorqin ifodasi böldi. Taşrif doirasida erişilgan kelişuvlar mamlakatlarimiz örtasidagi işonç va hamkorlik yuksak darajada taraqqiy etayotganidan dalolat beradi. 

Şu yil 23 dekabr kuni “Eyr Manas” aviakompaniyasining “Bişkek – Toşkent – Bişkek” dastlabki reysining oçiliş marosimi böldi. «Özbekiston – Qirğiziston – Xitoy» temir yölini quriş böyiça kelişuvlarni amalga oşiriş maqsadida 25-27 dekabr kunlari poytaxtimizda Özbekiston, Qirğiziston va Xitoy vakillaridan iborat işçi guruhning uçinçi majlisi ötkazildi.

2018 yilda barça sohalar singari savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantiriş, tovar aylanmasini 500 million AQŞ dollariga yetkaziş rejalaştirilgan. Yurtimizda Qirğiziston madaniyati va san'ati kunlarini ötkaziş, Çingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini keng nişonlaş közda tutilgan.