Raketalarga qarşi yer usti mudofaa tizimi Yaponiya va uning fuqarolari himoyasiga qaratilgan bölib, Yaponiya tomonidan boşqariladi hamda qöşni mamlakatlarga tahdid uyğotmaydi. Bu haqda RIA Novosti Yaponiya TIV bayonotiga asosan xabar bermoqda.
"Birinçi navbatda şuni aytiş kerakki, biz OAV orqali tarqalgan bayonotlarga izoh bermaymiz. Yaponiyada Aegis Ashore RQM tizimining joylaştirilişiga kelsak, mamlakatimizning raketalarga qarşi mudofaasi faqat mudofaa tizimi sanaladi. U bizning fuqarolarimiz hayoti va mulkini himoya qilişga yönaltirilgan, davlatimiz uni boşqarmoqda, u Yaponiya atrofidagi boşqa mamlakatlarga tahdid uyğotmaydi", - deya ma'lum qilgan Yaponiya TIV vakili.
Şu bilan birga, TIVdan ta'kidlaşlariça, Yaponiya hamon tört orol qaysi davlatga tegişli ekani borasida qat'iy muzokaralarni olib boriş hamda Rossiya bilan tinç şartnomani imzolaş niyatida.
Yaponiya hukumati 19 dekabr kuni mamlakat hududida Amerikaning ikkita Aegis Ashore raketalarga qarşi yer usti mudofaa majmuasini joylaştiriş haqida qaror qabul qildi. Ularni mamlakat şimolidagi Akita prefekturasi va janubi-ğarbdagi Yamagutida joylaştiriş rejalaştirilmoqda. Taxminlarga köra, ularning harakat radiusi davlatning butun hududini qamrab oladi. Har bir qurilma Yaponiyaga taxminan 890 mln dollarga tuşadi. Tokio ular 2023 yilga qadar işga tuşişidan umid qilmoqda.

















